Uzoqov Akram Avazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalari talabalari ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped 3466.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Umirov Farxod Umirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish jarayoni Vatanga sadoqat hissini qaror toptirishning pedagogik omillari va intellektual-motivatsion xususiyatlarning shaxsiy-ijtimoiy pozisiyasi bilan intensiv aloqadorligini empirik baholash imkoniyatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni baholash mezonlari mazmunli-operatsion va emotsional-irodaviy xususiyatlarning axloqiy-tarbiyaviy, shaxsiy-kasbiy sifatlar bilan obektiv moslashtirish hamda intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan o‘zaro dinamik aloqadorligining integratsion ta’sirini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalari ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish modeli tarbiyaviy muhit ta’sirchanligi, ijtimoiy mas’uliyatni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarni tabaqalashtirish va ta’limiy maqsadlarga izchil moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish samaradorligi kasbiy-profissional normalar va qoidalarning hayotiy istiqbollar hamda ijtimoiy jarayonlarga prakseologik ta’siri bilan evristik indvidual sifatlarning vektorli-dinamik integratsiyasini jadallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish jarayoni Vatanga sadoqat hissini qaror toptirishning pedagogik omillari va intellektual-motivatsion xususiyatlarning shaxsiy-ijtimoiy pozisiyasi bilan intensiv aloqadorligini empirik baholash ismkoniyatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Harbiy tarix” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosida berilgan 110-090 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasi talabalari ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, ta’sir etuvchi omillarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni baholash mezonlari mazmunli-operatsion va emotsional-irodaviy xususiyatlarning axloqiy-tarbiyaviy, shaxsiy-kasbiy sifatlar bilan obektiv moslashtirish hamda intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan o‘zaro dinamik aloqadorligining integratsion ta’sirini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Chaqiriqqacha qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkiletish va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i asosida berilgan 356/7-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishning jarayon modelini takomillashtirishga imkon yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalari ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirish modeli tarbiyaviy muhit ta’sirchanligi, ijtimoiy mas’uliyatni bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarni tabaqalashtirish va ta’limiy maqsadlarga izchil moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Harbiy tarix” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i asosida berilgan 110-090 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda ijtimoiy mas’uliyatning rivojlanganligini baholash mezonlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish samaradorligi kasbiy-profissional normalar va qoidalarning hayotiy istiqbollar hamda ijtimoiy jarayonlarga prakseologik ta’siri bilan evristik indvidual sifatlarning vektorli-dinamik integratsiyasini jadallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Chaqiriqqacha qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkiletish va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i asosida berilgan 356/7-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish imkoni yaratilgan.