Xidirov Temur Qahramon o‘g‘li 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Sutni qayta ishlash sanoati korxonalarini klaster tizimi asosida rivojlantirish” mavzusidagi, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha. (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2107.
Ilmiy rahbar: Xotamov Ibodullo Sadulloevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy  opponentlar: Karrieva Yakutdjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Axror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sutni qayta ishlash korxonalarini klaster tizimi asosida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut mahsulotlari sifati va yalpi ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro aloqador korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishda sutni qayta ishlash xo‘jaliklariga klaster tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi va integratsiyalashuviga ko‘ra iqtisodiy samaradorlik kamida 
5 foizga ortishi asoslab berilgan;
sutni qayta ishlash korxonalarining samardorligini integratsiyalashgan SWOT-KPI tizimiga ko‘ra baholashda faoliyat samaradorligini yaxshi (25-30 foiz), qoniqarli (15-25 foiz) 
va qoniqarsiz (1-15 foiz) chegaralarida baholash yondashuvi  taklif etilgan;
samaradorlikni integral baholash yondashuvi klaster tizimi sharoitida sutni qayta ishlash korxonasining asosiy fondlar va unumdorlik ko‘rsatkichlarining mutanosiblik darajasiga ko‘ra takomillashtirilib, unga ko‘ra samaradorlikning 5 foiz darajasida ortishi asoslangan;
sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni klaster imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ko‘ra 2022-2026 yillarda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sutni qayta ishlash korxonalarini klaster tizimi asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sut mahsulotlari sifati va yalpi ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro aloqador korxonalar faoliyat samaradorligini oshirishda sutni qayta ishlash xo‘jaliklariga klaster tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi va integratsiyalashuviga ko‘ra iqtisodiy samaradorlik kamida 
5 foizga ortishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 
25 oktyabrdagi 25-93/10-22-son, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa 
er egalari Ishtixon tuman kengashining 2022 yil 26 sentyabrdagi 5-son, “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligining 2022 yil 5 apreldagi 10-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushmaga a’zo bo‘lgan korxonalarni iqtisodiy samaradorligi 5% o‘sishiga, Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va korxonalarning iqtisodiy samaradorligi 
2022 yilda avvalgi yilga nisbatan 15 % o‘sishiga hamda “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari ta’minlanishiga xizmat qilgan;
sutni qayta ishlash korxonalarining samardorligini integratsiyalashgan SWOT-KPI tizimiga ko‘ra faoliyat samaradorligini yaxshi (25-30 foiz), qoniqarli (15-25 foiz) va qoniqarsiz (1-15 foiz) chegaralarida baholash yondashuvi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi 
va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Ishtixon tuman kengashi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 25-93/10-22-son, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Ishtixon tuman kengashining 2022 yil 26 sentyabrdagi 5-son ma’lumotnomalari).         Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida tuman sutni qayta ishlash korxonalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlarining aniqlik darajasini oshirish hisobiga tadbirlar natijadorligiga erishish imkoniyati kengaytirilgan;
klaster tizimi sharoitida sutni qayta ishlash har bir korxonasining asosiy fondlar 
va unumdorlik ko‘rsatkichlarining mutanosiblik darajasi taklif qilingan holda samaradorlikni integral baholash yondashuvi taklif qilinib, unga ko‘ra samaradorlikning 5 foiz darajasida ortishi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 25-93/10-22-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif uyushmaga a’zo bo‘lgan korxonalarning unumdorligiga ko‘ra iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda korxonalarning daromadlarini o‘sish imkonini yaratgan;
sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni klaster imkoniyatlaridan samarali foydalanishga ko‘ra 2022-2026 yillarda rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 
25-93/10-22-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish korxonalar imkoniyatlarini prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra qayta baholash hamda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish