Rajabov Shohrux Shermahmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompleks qayta ishlangan soda korxonasini kal`siyli chiqindilari, silikat komponentlari va ular asosida mahsulotlar olish texnologiyasi ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3021.
Ilmiy rahbarlar: Mirzaqulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.T.106.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Baxtiyor Toxtaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sherquziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurulish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soda ishlab chiqarish korxonalarini FPShlari va turli QKChlarini kompleks qayta ishlab natriy xlorid eritmasi, silikat komponentlari va qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soda korxonalari FPShlaridan suv va aylanma eritmalar ishtirokida natriy xloridni ajratib kal`sinatsiyalangan soda jarayoni uchun natriy xlorid eritmalari va qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan kal`siy-, magniy karbonatli qo‘shimcha va to‘ldiruvchilar olish jarayonlarining maqbul sharoitlari aniqlangan va texnologik omillarning o‘zaro ta’siri qonuniyatlari asoslangan;
tarkibidan natriy xlorid ajratib olingan FPShini silikatli qo‘shimcha va to‘ldiruvchilar sifatida qo‘llab turli markali betonlar olish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
soda korxonasining QKChlarini fizik-kimyoviy va fizik-mexanik xossalari va ular asosida turli markali betonlar olishning maqbul texnologik omillari hamda ikkilamchi va birlamchi xomashyolarning maqbul nisbatlari aniqlangan;
FPShlari va QKChlarini kompleks qayta ishlab soda korxonalari uchun natriy xlorid eritmalari, qurilish materiallari uchun qo‘shimcha va to‘ldiruvchilar hamda ular asosida beton mahsulotlari ishlab chiqarishning moddiy balanslari tuzilgan va texnologik sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kompleks qayta ishlangan soda korxonasining QKChlari, FPShlari va silikat komponentlar asosida natriy xlorid eritmasi va turli markali betonlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
FPShidan suv va aylanma eritmalari ishtirokida natriy xlorid eritmasini ajratib olish va tarkibi asosan kal`siy va magniy karbonatlari va gidroksidlaridan iborat bo‘lgan qattiq fazasini qurilish materiallari uchun qo‘shimcha va to‘ldiruvchilar sifatida qo‘llash texnologiyasi «BINOKOR TEMIR BETON SERVIS» MChJ QKning «2023-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («BINOKOR TEMIR BETON SERVIS» MChJ QKning 2022 yil 10 oktyabrdagi 01-son ma’lumotnomasi). Natijada, soda korxonalariga natriy xlorid eritmasining qaytarilishi hisobiga natriy xlorid va suvdan foydalanish darajasini oshirish imkonini beradi;
QKChlarni turli fraksiyalarga ajratib qurilish mahsulotlari olish uchun qo‘shimcha va to‘ldiruvchilar sifatida qo‘llab turli markali betonlar olish texnologiyasi «BINOKOR TEMIR BETON SERVIS» MChJ QKning «2023-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («BINOKOR TEMIR BETON SERVIS» MChJ QKning 2022 yil 10 oktyabrdagi 01-son ma’lumotnomasi). Olingan qo‘shimcha va to‘ldiruvchilarni qurilish va silikat materiallari ishlab chiqarishda qo‘llash evaziga mahsulot sifatini oshirish, tannarxini pasaytirish va qo‘shimcha importini kamaytirish imkonini beradi.