Raxmonberdiyeva Karima Saydanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped719.
Ilmiy rahbar: Yuzlikayev Farid Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbayevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasining tashkiliy tuzilmasi mustaqil ta’lim natijasida shakllanadigan lingvodidaktik kompetensiyalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida qo‘llash hamda mustaqil ta’lim sifati va samaradorligini aniqlash mezonlari va indikatorlarini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
chet tiliga o‘qitish jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini majmuaviy-texnologik modelning amaliy komponenti bilan o‘quv materiallari va metodik usullarga kompleks yondashuvga ko‘ra qayta aloqasi identivligini (tenglashtirish) ta’minlash asosida mustaqil ta’limga o‘qitishning lingvodidaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasini mustaqil ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etishning spektrli modeli talabalarning konstruktiv, tashkiliy, refleksiv va motivatsion loyihalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida muvaffaqiyatga erishish va rivojlanish vektoriga progressiv monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalar o‘rtasida mustaqil ta’lim kompetensiyasini maqsadga muvofiq shakllantirishni ta’minlashga qaratilgan mantiqiy tizim elementlarini o‘z ichiga olgan loyiha texnologiyasi didaktik modelini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishga qaratilgan chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi va texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
mustaqil ta’lim natijasida shakllanadigan lingvodidaktik kompetensiyalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida qo‘llash hamda mustaqil ta’lim sifati va samaradorligini aniqlash mezonlari va indikatorlarini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasining tashkiliy tuzilmasiga oid amaliy taklif va metodik tavsiyalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot instituti Qopaqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997- raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada doirasida foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot instituti Qopaqalpog‘iston filialining 2022 yil 28 oktabrdagi 297-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish orqali ta’lim samaradorligi oshgan;
chet tiliga o‘qitish jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini majmuaviy-texnologik modelning amaliy komponenti bilan o‘quv materiallari va metodik usullarga kompleks yondashuv asosida qayta aloqasi identivligini (tenglashtirish) ta’minlash asosida mustaqil ta’limga o‘qitishning lingvodidaktik ta’minotiga doir xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F3-2016-09081165532- raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot instituti Qopaqalpog‘iston filialining 2022 yil 28 oktabrdagi 297-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga til o‘rgatishda mustaqil ishini rivojlantirish va boshqarish modellari, mustaqil ta’limni majmuaviy-texnologik modelining amaliy komponenti ya’ni o‘quv-metodik materiallari takomillashtirilgan;
talabalarning konstruktiv, tashkiliy, refleksiv va motivatsion loyihalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida muvaffaqiyatga erishish va rivojlanish vektoriga progressiv monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirilgan loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasini mustaqil ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etishning spektrli modeliga oid xulosalardan “English for orientaliss” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-buyrug‘iga asosan berilgan 166-155-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish orqali ta’lim samaradorligi oshgan;
talabalar o‘rtasida mustaqil ta’lim kompetensiyasini maqsadga muvofiq shakllantirishni ta’minlashga qaratilgan mantiqiy tizim elementlarini o‘z ichiga olgan loyiha texnologiyasi didaktik modelini ta’lim amaliyotiga tatbiq etishga qaratilgan chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi va texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “English for orientaliss” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-buyrug‘iga asosan berilgan 166-155-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarga darslikda aks etgan mustaqil ta’limni tashkil etish didaktik ta’minot takomillashtirilgan.