Orazbaev Arislanbay Komekbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy reallik zamonaviy paradigmalarining o‘ziga xos xususiyatlari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal536.
Ilmiy rahbar: Niyazimbetov Marat Qudiyarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sobitxonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy reallik zamonaviy paradigmalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash orqali Yangi O‘zbekiston g‘oyasiga xizmat qiladigan metodologik prinsiplarni ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy reallikda texnologik jarayon, vosita, yechimlar kabi parametrlarning namoyon bo‘lishi klassik paradigmani bilish imkoniyatlarining chegaralanishiga noklassik, postnoklassik paradigmalarining yangi, tezkor ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashuvchanligining oshishiga olib kelishi falsafiy jihatdan ochib berilgan; 
zamonaviy ijtimoiy reallik manzarasini adekvat aks ettiruvchi konstruktivizmning pozitiv ta’siri voqelikning uyg‘un tartiblanishi, postmodernizmda xaotik, sinergetikada o‘z-o‘zini tashkillashtirish tamoyillarining ijtimoiy-falsafiy jihatlari ochib berilgan; 
avtopoezis paradigmasida ilgari surilgan murakkab tizimlarning o‘z-o‘zini qurish xususiyati ijtimoiy reallikning mohiyatiga mos kelishi va uning ijtimoiy tizimdagi yangilanishlar mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
Yangilayotgan O‘zbekistonning yangi ijtimoiy reallik sifatidagi mohiyati haqidagi tasavvurlarning dinamikasi va strukturali tashkillashuvida ijtimoiy konstruktivizmning quruvchanlik, yaratuvchanlik, ijodkorlik omillari orqali belgilanishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy reallik zamonaviy paradigmalarining o‘ziga xos xususiyatlarining falsafiy-metodologik tahlilini amalga oshirish orqali olingan ilmiy natijalar asosida: 
ijtimoiy reallikda texnologik jarayon, vosita, echimlar kabi parametrlarning namoyon bo‘lishi klassik paradigmani bilish imkoniyatlarining chegaralanishiga noklassik, postnoklassik paradigmalarining yangi, tezkor ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashuvchanligining oshishiga olib kelishi falsafiy jihatdan ochib berilgan taklif, mulohazalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining post patrul xizmati xodimlari va jamoatchilik tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan doimiy seminar treninglarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 17-noyabrdagi 10/-1222-son ma’lumotnomasi). Natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining post patrul xizmati xodimlarida va jamoatchilik tartibni saqlash boshqarmasi xodimlarining jamiyatda tartibni saqlash faoliyatlarida bilim, ko‘nikma va tajribalarning shakllanishiga xizmat qilgan; 
zamonaviy ijtimoiy reallik manzarasini adekvat aks ettiruvchi konstruktivizmning pozitiv ta’siri voqelikning uyg‘un tartiblanishi, postmodernizmda xaotik, sinergetikada o‘z-o‘zini tashkillashtirish tamoyillarining ijtimoiy-falsafiy jihatlari ochib berilgan nazariy mulohazalardan PZ-20170915198-raqamli «Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy tartiblarning transformatsiyasi: tarixi va amaliyoti» mavzuidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 18-oktyabrdagi 434/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar qoraqalpoq xalqining qadriyatlar tizimi xususiyatlarini ochish uchun xizmat qilgan; 
avtopoezis paradigmasida ilgari surilgan murakkab tizimlarning o‘z-o‘zini qurish xususiyati ijtimoiy reallikning mohiyatiga mos kelishi va uning ijtimoiy tizimdagi yangilanishlar mexanizmi sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan taklif, mulohazalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining mutaxassislari, tegishli vazirlik va tashkilotlari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahri mutaxassislari, tuman bo‘lim rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan doimiy seminar treninglarda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 9-dekabrdagi 01-13/237-son ma’lumotnomasi). Natijalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining mutaxassislariga, tegishli vazirlik va tashkilotlariga, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahri mutaxassislariga, tuman bo‘lim rahbarlariga «Ma’naviyat va ma’rifat soatlari»ni tashkil qilish va o‘tkazib borishga xizmat qilgan; 
Yangilayotgan O‘zbekistonning yangi ijtimoiy reallik sifatidagi mohiyati haqidagi tasavvurlarning dinamikasi va strukturali tashkillashuvida ijtimoiy konstruktivizmning quruvchanlik, yaratuvchanlik, ijodkorlik omillari orqali belgilanishi asoslab berilgan konseptual yondashuvlardan Qoraqalpog‘iston televideniesining «Munosabat» ko‘rsatuvini ssenariysida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022-yil 18-noyabrdagi 05-22/666-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimizning ijtimoiy realligidagi keng miqyosli o‘zgarishlarni jamiyatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini keng ommaga to‘g‘ri tushuntirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish