Yuldasheva Farog‘at Turakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Izchillik asosida talabalarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P288.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sodiqov Xamid Maxmudovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi izchillik asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim bosqichlarining tashkiliy va mazmuniy birligi izchil o‘zaro bog‘liqligini, ta’lim jarayonning uzluksiz didaktik mazmuni bilan vertikal integratsiyasini ta’minlash hamda kasbiy ta’lim uzluksizligi va izchilligini ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida aniqlangan;
izchillik asosida talabalarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish modeli voqelikni aks ettiruvchi bosqichlarlar, hamkorlik va sub’ekt-sub’ekt munosabatlari, o‘zini-o‘zi refleksiv rivojlantirishga qaratilgan kasbiy va shaxsiy omillarning ahamiyatli jihatlari  hamda ta’lim-tarbiya ob’ektlarining yaxlitligini tadrijiy ravishda ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarnining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik shart-sharoitlari ta’lim bosqichlari va uzluksizligining integratsiyalashganligi, shaxsga yo‘naltirilganligi va o‘z-o‘zini boshqarish, amaliy-faoliyatli va barkamol shaxs komponentlarini rivojlantirishga qaratilgan ijodiy-pedagogik muhitni maqsadli joriy etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish mezonlari kommunikativ va omilkorlikka yo‘naltirilgan madaniyatlararo didaktik munosabat hamda kasbiy muammoli vaziyatlarda jamiyat va shaxs extiyojlarining yaxlitligini ta’minlashning qadriyatlarga yo‘nalganlik jarayoni tendensiyalarini faktorli-tahliliy aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Izchillik asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ta’lim bosqichlarining tashkiliy va mazmuniy birligi izchil o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash,  ta’lim jarayonning uzluksiz didaktik mazmuni bilan vertikal integratsiyasini ta’minlash hamda kasbiy ta’lim uzluksizligi va izchilligini ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida aniqlashga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 1 martdagi 02-07-792/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada Izchillik acocida talabalapni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik va psixologik jihatlarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
izchillik asosida talabalarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish modeli voqelikni aks ettiruvchi boqichlarlar, hamkorlik va sub’ekt-sub’ekt munosabatlari, o‘zini-o‘zi refleksiv rivojlantirishga qaratilgan kasbiy va shaxsiy omillarning ahamiyatli jihatlari  hamda ta’lim-tarbiya ob’ektlarining yaxlitligini tadrijiy ravishda ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 1 martdagi 02-07-792/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada kasbiy ta’lim sharoitida rus tili tayyorgarligini shakllantirish texnologiyalarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
talabalarnining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik shart-sharoitlari ta’lim bosqichlari va uzluksizligining integratsiyalashganligi, shaxsga yo‘naltirilganligi va o‘z-o‘zini boshqarish, amaliy-faoliyatli va barkamol shaxs komponentlarini rivojlantirishga qaratilgan ijodiy-pedagogik muhitni maqsadli joriy etish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 1 martdagi 02-07-792/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada rus tili tayyorgarligi jarayonida tadrijiylikni tatbiq qilishning didaktik shart va sharoitlarini rivojlantirish samaradorligi ortgan.
talabalarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish mezonlari kommunikativ va omilkorlikka yo‘naltirilgan madaniyatlararo didaktik munosabat hamda kasbiy muammoli vaziatlarda jamiyat va shaxs extiyojlarining yaxlitligini ta’minlashning qadriyatlarga yo‘nalganlik jarayoni tendensiyalarini faktorli-tahliliy aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 1 martdagi 02-07-792/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada kasbiy ta’lim sharoitida rus tili tayyorgarligi jarayonidagi izchillikning kompleks modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish