Abdurazaqov Akbar Abduraxmon o‘g‘li 
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit». 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2463
Ilmiy rahbar: Pardayev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Target-kosting» va «Kayzen-kosting» hisob tizimlarini integrallash asosida ularni «qiymat zanjiri» usuliga transformatsiya qilish asoslangan;
xarajatlarning strategik boshqaruv hisobi samaradorligini byudjetlashtirish orqali amalga oshirishda vujudga keladigan chetlanishlarni hisobga olish zarurligi asoslangan;
tannarxni hisoblashning «AVS» hamda «XYZ» tizimlarini integrallashgan holda qo‘llash matrisasi taklif etilgan;
tannarxni moliyaviy mas’uliyat markazlari bo‘yicha hisobga olish maqsadida 
2400 - «Mas’uliyat markazlarining ishlab chiqarish xarajatlari» hamda 
9450 - «Mas’uliyat markazlarining strategik boshqaruv xarajatlari» ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Target-kosting» va «Kayzen-kosting» hisob tizimlarini integrallash asosida ularni «qiymat zanjiri» usuliga transformatsiya qilish taklifi «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2022 yil 22 sentabrdagi 07-1/5-29-son ma’lumotnomasi). Natijada «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini korxona bo‘yicha yaxlit tarzda, shuningdek uning alohida olingan tarkibiy qismlari, xususan, mas’uliyat markazlari bo‘yicha ham «to‘liq tannarx» hamda «o‘zgaruvchan xarajatlar» bo‘yicha hisobga olish, shuningdek joriy hamda istiqbolda shu jarayonlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish imkoniyati paydo bo‘lgan; 
xarajatlarning strategik boshqaruv hisobi samaradorligini byudjetlashtirish orqali amalga oshirishda vujudga keladigan chetlanishlarni hisobga olish zarurligi bo‘yicha berilgan taklifidan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2022 yil 22 sentyabrdagi 07-1/5-29-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mahsulotlar bilan bir qatorda biznes-jarayonlarini va uning tarkibiy elementlari (jarayonlar va ishlar)ni ham byudjetlashtirish asosida «qiymat zanjiri» tarkibida hisobga olish imkoniyati yaratilgan; 
tannarxni hisoblashning «AVS» hamda «XYZ» tizimlarini integrallashgan holda qo‘llash matrisasi bo‘yicha berilgan taklifidan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritishda qo‘llanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2022 yil 
22 sentabrdagi 07-1/5-29-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ilk bor «AVS» hamda «XYZ» tizimlaridan integrallashgan holda foydalanish joriy etildi;
tannarxni moliyaviy mas’uliyat markazlari bo‘yicha hisobga olish maqsadida 2400 - «Mas’uliyat markazlarining ishlab chiqarish xarajatlari» hamda 9450 - «Mas’uliyat markazlarining strategik boshqaruv xarajatlari» ishchi schyotlarini kiritish taklifidan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning strategik maqsadlarga erishish darajasini prognozlashda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2022 yil 22 sentabrdagi 07-1/5-29-son ma’lumotnomasi). Natijada «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarning bevosita ular vujudga kelayotgan obyektlarda, ya’ni xarajat hamda moliyaviy markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish imkoniyatini yaratib bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish