Xasanbayev Xabibullo Xakimbek o’g‘li
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mudofaa sohasida harbiy pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish omillari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4040.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi.
Ilmiy rahbar: Abdurahimova Dilfuza Aliyevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Babaxajayeva Lobar Gafurjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O’zbekiston Respublikasida harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi yangiligi:
mudofaa sohasiga professional darajadagi harbiy pedagoglarni tayyorlash
modeli ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat komponentlari (maqsadli-mazmunli, tashkiliy-metodik, nazorat-baholash)ni rivojlanish sohalari (intelektual-ijodiy, bilish, ijtimoiy-hissiy, kommunikativ va jismoniy) bilan o’zaro integratsiyalash hamda refleksiv uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
mudofaa tizimiga professional darajadagi harbiy pedagoglarni tayyorlash va amaliyot jarayoniga yo’naltirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari integrativ-variativ dasturlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
mudofaa tizimiga professional darajadagi harbiy pedagoglarni tayyorlash va amaliyot jarayoniga yo’naltirish tuzilmasi, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy va shaxsiy omillarning ahamiyatli jihatlari orqali asoslab berilgan;
mudofaa tizimiga professional darajadagi harbiy pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi va kompetensiyaviy yondashuvi pedagogik amaliyot jarayonida mashg‘ulotlarni loyihalash, tashkil etishga oid kasbiy bilimlarni tashhislash hamda korreksiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mudofaa sohasida harbiy pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
mudofaa tizimiga professional darajadagi harbiy pedagoglarni tayyorlash
va takomillashtirish sohasidagi xalqaro tajriba qiyosiy tahlil qilingan va harbiy pedagoglarni tayyorlash va amaliyot jarayoniga yo’naltirishning
tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari integrativ-variativ dasturlar asosida takomillashtirilganligi, jumladan, harbiy pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish bo’yicha takliflardan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2022-yil 9-sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
23- avgustdagi tegishli qarori ijrosini tashkillashtirish to’g‘risida” gi buyrug‘ining 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2022-yil 5-iyuldagi 10/1133-son ma’lumotnomasi). Natijada, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida magistratura bosqichida harbiy pedagogika va psixologiya mutaxassis kadrlarini tayyorlash tizimini amalda qo’llash metodologiyalari ishlab chiqilgan;
mudofaa tizimiga professional darajadagi harbiy pedagoglarni tayyorlash va amaliyot jarayoniga yo’naltirish tuzilmasi, kasbiy faoliyatga tayyorlashni ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy va shaxsiy omillarning ahamiyatli jihatlari bo’yicha takliflardan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida
2020-2022-yillarda “Tankist” shirfli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 2022-yil 29-iyuldagi 1616-son ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarda simulyasion o’quv vositalaridan foydalanish orqali kasbiy kompetensiyalar shakllanishiga erishilgan;
mudofaa tizimiga professional darajadagi harbiy pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi va kompetensiyaviy yondashuvi pedagogik amaliyot jarayonida mashg‘ulotlarni loyihalash, tashkil etishga oid kasbiy bilimlarni tashxislash hamda korreksiyalash asosida aniqlash mexanizmlari nazariya
va amaliyot birligi tamoyiliga tayangan holda ishlab chiqilgan takliflardan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi chirchiq oliy tank qo’mondonlik muhandislik bilim yurtida pedagoglar kasbiy mahoratini oshirishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo’mondonlik muhandislik bilim yurtining 2022-yil 4-iyuldagi 1641-son ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy pedaglarda mashg‘ulotlarni tashkil etishga oid kasbiy bilimlar takomillashishiga erishilgan.