Xamrayev Sardor Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida qishloq uylarining kombinatsiyalashgan issiqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1743
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboyevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Vardiyashvili Aftandil Asqarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh qurilmalari asosida qishloq uylarining kombinatsiyalashgan avtonom issiqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqish va energiya samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududning quyosh nurlanish issiqligi potensialini o‘zgarishini hisobga olgan holda, qishloq uyining avtonom issiq suv ta’minoti va isitish tizimini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlaydigan past potensialli quyosh issiqlik qurilmalari va an’anaviy suv isitish qozoni asosidagi kombinatsiyalashgan issiqlik ta’minoti tizimi ishlab chiqilgan;
tashqi muhit, bino ichki havosi va devori konstruksiyasining issiqlik-texnik parametrlarini o‘zgarishini hisobga olgan holda gelioqurilmalar va an’anaviy yoqilg‘ida ishlovchi suv isitish qozonidan iborat kombinatsiyalashgan issiqlik ta’minoti tizimli uyning nostatsionar harorat rejimini hisoblash imkonini beradigan, issiqlik balansi tenglamalari asosidagi matematik modeli ishlab chiqilgan;
quyosh kollektorli suvli issiq pol isitish tizimini issiqlik-gidrodinamik rejimlarining tajribaviy tadqiqoti natijalarini umumlashtirish asosida suvli issiq pol quvurlarining diametlari va joylashish qadamiga bog‘liqliq holda gidravlik qarshilik va issiqlik berish koeffisiyentlarini aniqlash imkonini beradigan empirik tenglamalar olingan;
Glauzer mezoni asosida issiqlik tashuvchining laminar va turbulent harakati rejimlarini hisobga olgan holda, quyosh kollektorli suvli issiq pol isitish tizimining yuqori issiqlik samaradorligini ta’minlash imkonini beradigan quvurning diametri, joylashish qadami va suv sarfining optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida qishloq uylarining kombinatsiyalashgan issiqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK tasarrufidagi namunaviy uylarning isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarida energiya tejamkor quyosh kollektorli kombinatsiyalashgan issiqlik ta’minoti tizimi joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi №04/02-4001-son ma’lumotnomasi). Natijada isitish maydoni 180 m2 bo‘lgan namunaviy uyda bir yil davomida 70800-70830 kVsoat energiya tejalishiga erishilgan;
Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK tasarrufidagi namunaviy uylarning isitish tizimlarida kombinatsiyalashgan energiya tejamkor quyosh kollektorli suvli issiq polli isitish tizimi joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 23 avgustdagi №04/02-4001-son ma’lumotnomasi). Natijada isitish maydoni 180 m2 bo‘lgan namunaviy uyda isitish mavsumida 26000-26310 kVsoat energiya tejalishiga erishilgan.