Madaminov Zafarjon Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni mintaqaviy hususiyatlari va takomillashtirish yo‘llari (Farg‘ona viloyati misolida)», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Gr131.
Ilmiy rahbar: Ahmadaliev Yusupjon Ismoilovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Aminboy Gulmirzaevich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni mintaqaviy hususiyatlari va unga ta’sir qiluvchi tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ekologik, demografik omillarni aniqlash hamda shu asosda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hududiy tarkibini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iste’mol mollari, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining hududiy tarkibini shakllanish jarayoni va unga ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy geografik, ekologik, demografik omillarning makon va zamonda o‘zgarishi va ta’sir darajasi aniqlangan;
Farg‘ona viloyatining ma’muriy birliklarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishning hududiy farqlari (yuqori, o‘rta, past) statistik tahlil asosida aniqlangan, GAT texnologiyasining ArcGIS dasturidan foydalanib, ma’muriy tumanlarni 9 ta oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish xaritasi ishlab chiqilgan;
Farg‘ona viloyati ma’muriy birliklarida aholini 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan “o‘z-o‘zini ta’minlash koeffisienti” ko‘rsatkichlari asosida hududiy farqlar va ularga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan;
Farg‘ona viloyatida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda viloyatning tabiiy, iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini hududiy tarkibini takomillashtirish hamda eksport-import ko‘rsatkichlarini hisobga oluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududiy xususiyatlarini tahlil qilish va aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
iste’mol mollari ishlab chiqarish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining hududiy tarkibini shakllanishi va unga ta’sir etuvchi omillarning (tabiiy, iqtisodiy geografik, ekologik, demografik) makon va zamonda o‘zgarish xususiyatlari va ularni ta’siri tarmoqni rivojlantirishni strategik loyihalarini ishlab chiqishda hisobga olinib O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tizimida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-13694-son ma’lumotnomasi). Natijada, iste’mol mollari, jumladan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati hududiy tarkibini takomillashtirish va unga ta’sir qiluvchi omillarni baholash imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona viloyatining ma’muriy birliklarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishning hududiy farqlarining (yuqori, o‘rta, past) statistik tahlili va ArcGIS dasturi asosida ishlab chiqilgan karta-sxemalardan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tizimida amaliyota qo‘llanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-13694-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’molning hududiy farqlarini aniqlash va zarur chora-tadbirlarni chiqish imkoniyati yaratilgan;
Farg‘ona viloyati ma’muriy birliklarida aholini 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan “o‘z-o‘zini ta’minlash koeffisienti” ko‘rsatkichlaridan tumanlar ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash rejalaridan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tizimida amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-13694-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziq-ovqat mahsulotlari bilan “o‘z-o‘zini ta’minlash koeffisieti” ko‘rsatkichlariga asoslangan holda hududlarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib ta’minlash imkoniyatlari yaratilgan; 
Farg‘ona viloyatida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda viloyatning tabiiy, iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini hududiy tarkibini takomillashtirish hamda eksport-import ko‘rsatkichlarini hisobga oluvchi taklif va tavsiyalari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tizimida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2022 yil 14 dekabrdagi 11/02-15-13694-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini hududiy tarkibini takomillashtirish hamda eksport-import ko‘rsatkichlarini mukammallashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish