Kuchkarbayev Rustam Utkurovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini dasturiy vositalardan foydalanib takomillashtirish (Qurilish fizikasi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4130.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82. 
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muhammadrasul, texnika fanlari doktori, professor; Xujanov Erkin Berdiyevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini dasturiy vositalardan foydalanib takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologilarni qo‘llash tizimini aks ettiruvchi dasturiy ta’lim resurslaridan teng huquqlilik, o’zaro integrativlik va nazorat-korreksiyalovchi kabi didaktik-funksional imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
umumkasbiy fanlar bo’yicha o’quv-metodik materiallarni dasturiy ta’lim vositalarining emerjentlik, natijadorlik va pertinentlik tamoyillari vositasida loyihalash orqali multimediali o’qitish kontentining o’quv-strategik ta’minot mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni ishlab chiqarish korxonalari shart- sharoitlari, o‘qitishning intensiv yondashuvlarini inobatga olgan holda pedagogik-dasturiy vositalar va multimediali uch o’lchovli ob’ektlarni loyihalash hamda innovatsion o‘qitish metodlarini qo‘llash orqali “Qurilish fizikasi” hamda “Bino va inshootlar konstruksiyasi” umumkasbiy fanlarini o’qitish metodikasi takomillashtirilgan;
umumkasbiy fanlarni o’qitishda talabalarning virtual reallik qonuniyatlariga asoslangan audio va visual materiallarni kompyuter imitatsiya orqali tasavvur qilish ko‘nikmalarini(modellashtiruvchi, o‘rgatuvchi 3D animatsiyalar, virtual stend va laboratoriyalar)dan foydalanib rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanib talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli texnologilarni qo‘llash tizimini aks ettiruvchi dasturiy ta’lim resurslaridan teng huquqlilik, o’zaro integrativlik va nazorat-korreksiyalovchi kabi didaktik-funksional imkoniyatlariga ustuvorlik berishga oid takliflardan “AIF 2/20-Shaxsga yo’naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo’nalishlar bo’yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o’qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021-yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2022-yil 22-noyabrdagi 01-02/460-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarining dasturiy ta’lim vositalariga oid kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
umumkasbiy fanlar bo’yicha o’quv-metodik materiallarni dasturiy ta’lim vositalarining emerjentlik, natijadorlik va pertinentlik tamoyillari vositasida loyihalash orqali multimediali o’qitish kontentining o’quv-strategik ta’minotini mazmunan takomillashtirishga doir takliflardan “Ta’limda axborot texnologiyalari” o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 1-avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-014-raqamli guvohnoma). Natijada bo’lajak talabalarning texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda dasturiy ta’lim vositalar asosida o’quv-metodik ta’minotini yaxshilashga, o’qitish metodikasini takomillashtirish imkonini bergan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni ishlab chiqarish korxonalari shart- sharoitlari, o‘qitishning intensiv yondashuvlarini inobatga olgan holda pedagogik-dasturiy vositalar va multimediali uch o’lchovli ob’ektlarni loyihalash hamda innovatsion o‘qitish metodlarini qo‘llash orqali “Qurilish fizikasi” hamda “Bino va inshootlar konstruksiyasi” umumkasbiy fanlarini o’qitish metodikasini rivojlantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalaridan 60730100-Arxitektura ta’lim yo‘nalishining “Fizika” fanidan namunaviy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 26-yanvardagi 02/01-01-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo’lajak mutaxassislarni dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish hamda ta’lim natijalarini baholash samaradorligini aniqlashga mo’ljallangan axborot-metodik ta’minoti takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish