Aripov Mirolim Mirazim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gilosni muzlatib saqlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3043.
Ilmiy rahbar: Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gilos mevasini shok usulda muzlatishning jarayon davomiyligi qisqartirilgan, ekologik toza sovutish agentidan foydalanilgan takomillashgan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tanlangan gilos namunalarini shok muzlatib, 6 oylik saqlashdan keyin eruvchan qattiq moddalarning 2% ortishi, taninlar miqdori 2 baravar kamayishi isbotlangan;
30 % qandli sirop va 4 % askorutin bilan ishlov berib shok muzlatilgan gilos tarkibida qand miqdori 10-12 oy davomida maksimal miqdorlarda saqlanishi isbotlangan;
shok muzlatish va saqlash davrini gilosning kimyoviy tarkibiga, jumladan, mono va disaxaridlar, askorbin kislotasi, kislotalilik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlarga ta’siri aniqlangan;
gilos mevasini shok usulda muzlatishning jarayon davomiyligi qisqartirilgan, ekologik toza sovutish agentidan foydalanilgan takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gilosni muzlatib saqlash texnologiyasini takomillashtirish jarayoni bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qandli sirop va askorutin bilan ishlov berilgan gilos mevalarini shok muzlatib saqlash texnologiyasi «GOLD DRIED FRUITS EXPORT» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yilning 21 dekabrdagi 21-117/12-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibidagi vitaminlar, mikro- va makroelementlari maksimal qiymatlarda saqlanib qoluvchi gilos mevalarini mavsumiy eksport qilish imkonini bergan;
dastlabki ishlov berish va tez (shok) muzlatish orqali gilos mevalarini saqlashning takomillashtirilgan texnologiyasi «SUNNY LAND PRODUCTS» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2022 yilning 21 dekabrdagi 11-8/11-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibidagi tabiiy qand miqdori 74 %, askarbin kislotasi 42 % qoluvchi gilos mevalarini 12 oy saqlash imkonini bergan.