Soipova Go‘zaloy Gulomidin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali virusli gepatit s tashxislashda ul`tratovushli mul`tiparametrik tekshiruvlarning imkoniyatlari» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib573.
Ilmiy rahbar: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bemorlarni kompleks tekshirish tizimida, siljish to‘lqinli ul`tratovushli elastografiyani (2D SWE) qo‘llash yo‘li orqali surunkali gepatit S da fibrozning turli bosqichlarini o‘z vaqtida aniqlashni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surunkali virusli gepatit S da jigar fibrozining tarqalish darajasini aniqlash uchun 2 o‘lchamli siljish to‘lqinli elastografiya yordamida kengaytirilgan 6 ta segmentni tekshirishning yangi tartibi asoslangan;
METAVIR shkalasi bo‘yicha jigar fibrozining bosqichini baholashda olingan natijalarning ishonchini oshirish uchun organning elastikligi\qattiqligi ko‘rsatgichining kPa da hamda ul`tratovush siljish to‘lqinining tezligini m\s da o‘lchash orqali ham natijaga erishish mumkinligi isbotlangan;
surunkali virusli gepatit bilan og‘rigan bemorlarda METAVIR shkalasi bo‘yicha fibrozning turli bosqichlarida jigarning sifatli (F1 bosqichida 2D SWE o‘rtacha ko‘rsatkichlari 7,1, F2-7,6, F3-10,2 xamda F4 da 16,6 kPa) va miqdoriy (F1 bosqichidaul`tratovush siljish to‘lqini o‘rtacha ko‘rsatkichlari 1,2 m\s, F2-1,3 m\s, F3-1,7 m\s xamda F4 da 2,3 m\s) mul`tiparametrik ko‘rsatgichlari aniqlangan;
surunkali virusli gepatit bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozining bosqichini aniklash uchun jigar ul`tratovush tekshiruvida ikki o‘lchamli kulrang shkalali ul`tratovush tekshiruvi, dopler tekshiruvi va ikki o‘lchamli siljish to‘lqinli elastografiyani o‘z ichiga olgan tizimli yondashuv zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali virusli gepatit S da holatini baholashda ul`tratovush mul`tispiral kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyaning o‘rnini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
SVGSda jigarning ul`tratovushli mul`tiparametrik tekshirishda ilmiy tadqiqotning olingan natijalari asosida “Surunkali virusli gepatit S da siljish to‘lqinli (2D SWE) ul`tratovushli elastografiya texnologiyasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8/86-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar klinik amaliyotga 2D SWE-elastografiyani joriy etishni jadallashtirish va jigar fibrozini tashxislashning aniqliligi va samaradorligini oshirishga imkon bergan;
SVGS mul`tiparametrik ul`tratovushli tashxislash sifatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazining klinik bazasi xamda Qashqadaryo viloyati diagnostika markazi va xususiy klinikalarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 07 iyuldagi 8n-z/359-son ma’lumotnomasi). Surunkali virusli gepatit S bilan og‘rigan bemorlarni tashxislashda taklif etilgan kompleks yondashuvlardan foydalanish jigar xolatini, uning qon aylanishini o‘z vaqtida etarlicha baxolash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini aniqlash, davolash-sog‘lomlashtirish chora tadbirlarining sifatini oshirish hamda umuman olganda, tashxislashning sifat ko‘rsatkichini 75,9% dan 93,9% gacha oshirish imkonini bergan.