Sadibaqosev Habibullo Shodiboy o‘g‘lining
siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XXІ asrdagi fundamental transformatsiyalar va ularning siyosiy tadqiqotlardagi aksi”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSs.11/25.08.2022.S.24.02
Ilmiy rahbar: Abdullaev Sherzod Majidovich, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSs.11/25.08.2022.S.24.02
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Ablat, tarix fanlar doktori, professor; Akramov Jahongir Jumanazarovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: XXI asrda fundamental transformatsiyalar va ularning siyosiy tadqiqotlardagi o‘rnini aniqlash orqali, Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining xalqaro tizimdagi roli, istiqbollari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 XXІ asrdagi fundamental transformatsiyalar va “Fundamental transformatsiyalar” tushunchasi siyosiy fanlar nuqtai-nazaridan tahlil qilindi, transformatsion holatlarning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
 Jahon mamlakatlari siyosiy taraqqiyoti xususiyatlari va rivojlanish modellarini kompleks ilmiy tadqiq etildi va O‘zbekistonning dunyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish uchun tavsiyalar ilmiy asoslangan;
 Globallashuv sharoitida XXІ asrdagi fundamental transformatsiyalar, va zamonaviy xalqaro munosabatlardagi konseptual qarashlarning yangicha xususiyatlarining siyosiy tadqiqotlardagi aks ettirilishi tizimli tarzda ochib berilgan;
 Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining xalqaro tizimdagi roli va uning istiqbollari, yangicha yondashuvlari, taraqqiyot strategiyasi doirasida fundamental transformatsiyalashuvni siyosiy tadqiqotlarda aks etish zarurati ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
XXІ asrdagi fundamental transformatsiyalar va “Fundamental transformatsiyalar” tushunchasi siyosiy fanlar nuqtai-nazaridan tahlil qilinib, transformatsion holatlarning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 20 yanvardagi №0203/365 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ishida keltirilgan nazariy xulosa va ilmiy natijalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun mo‘ljallangan “Xalqaro munosabatga kirish”, “Xalqaro munosabatlarning nodavlat mexanizmlari”, “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” kabi o‘quv qo‘llanma va darsliklarning yaratilishida foydalanilgan;
Jahon mamlakatlari siyosiy taraqqiyoti xususiyatlari va rivojlanish modellarini kompleks ilmiy tadqiq etildi va O‘zbekistonning dunyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 01/1-21 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqot ishi va keltirilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan respublika vazirlik va idoralariga yuboriladigan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan;
Tadqiqot ishi hamda undagi yangi talqin va mulohazalar va keltirilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan 2021 yil 20 mayda o‘tkazilgan “XXI asrda Markaziy Osiyo mamlakatlarining qo‘shnichilik madaniyati” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya xulosalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 8 fevraldagi 58/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv sharoitida XXІ asrdagi fundamental transformatsiyalar, va zamonaviy xalqaro munosabatlardagi konseptual qarashlarning yangicha xususiyatlarining siyosiy tadqiqotlardagi aks ettirilishi tizimli tarzda ochib berilgan;
Ilmiy tadqiqotchi dissertatsiya ishida ilgari surgan amaliy taklif va mulohazalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan aholining siyosiy faolligi va manfaatlarini rivojlantirishning aniq usullari va texnologiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2022 yil 18 martdagi № 05-1/206 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining xalqaro tizimdagi roli va uning istiqbollari, yangicha yondashuvlari, taraqqiyot strategiyasi doirasida fundamental transformatsiyalashuvni siyosiy tadqiqotlarda aks etish zarurati ilmiy asoslangan;
Jamiyatda yangilanish va o‘zgarishlar bo‘layotgan hozirgi davrda barcha sohalarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tadqiqot ishida keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 8 fevraldagi 58/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2021 14-16 sentyabr kunlari “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” nomli xalqaro forum materiallari va xulosalarini shakllantirishda foydalanilgan. Shuningdek, tadqiqotchi tomonidan bildirilgan ilmiy fikrlar va chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi IX “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” bo‘limi konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan;
Tadqiqotda taklif etilgan AQSh va Evropa mamlakatlarining yetakchi tadqiqot institutlari va ularning xalqaro munosabatlarga yangicha yondashuvlari hamda Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining xalqaro tizimdagi roli va uning istiqbollari bo‘yicha yangicha yondashuvlarga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 8 fevraldagi 58/22 sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yil 26 yanvarda Malayziya Islom Instituti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Musulmon dunyosi allomalarining jahonda tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy veb-forumda tayyorlangan ma’lumotlardan hamda 2022 yil 7 fevralda o‘tkazilgan “Xalqaro aloqalarining yangicha bosqichi: o‘zaro hamkorlikdan amaliy natijalar sari” mavzusidagi matbuot anjumani dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish