Karimov Javlon Ko‘ziyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim qamrovining kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini ekonometrik baholash», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2545.
Ilmiy rahbar: Abdullayev Ilyos Sultanovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdug‘aniyev Otabek Allajonovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim qamrovining kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini ekonometrik baholashni takomillashtirish va samarali yo‘llari (mexanizmlari) bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kambag‘allik ijtimoiy nomutanosiblikning mutlaq, nisbiy, standart va gumanistik mohiyati bo‘yicha aniqlangan sabablariga ko‘ra jamiyatdagi o‘rtacha me’yorlar, iste’mol odatlarini hisobga oluvchi daromadlar va xarajatlarni taqsimlash bo‘yicha yondoshuvi taklif etilgan;
aholining kambag‘allik darajasini oliy ta’lim qamroviga ko‘ra (
) va oliy ta’lim bitiruvchilariga ko‘ra (
) ssenariylari bo‘yicha qisqartirish modellari ishlab chiqilgan;
iqtisodiy o‘sish va oliy ta’lim qamrovini oshirishning stoxastik (
uchun
ekanligiga asoslanib) instrumentlari yordamida kambag‘allik darajasini baholashning takomillashtirilgan modeli natijalari bo‘yicha kambag‘allik darajasini qisqartirishda ta’lim siyosatini optimallashtirish taklifi asoslangan;
kambag‘allikni qisqartirishning iqtisodiy o‘sish va oliy ta’lim qamrovi va bitiruvchilariga asoslangan ssenariyli 2022-2027-yillar uchun ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim qamrovining kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini ekonometrik baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kambag‘allik ijtimoiy nomutanosiblikning mutlaq, nisbiy, standart tushunchalari va gumanistik mohiyati bo‘yicha aniqlangan sabablariga ko‘ra jamiyatdagi o‘rtacha me’yorlar, iste’mol odatlarini hisobga oluvchi daromadlar va xarajatlarni taqsimlash asosidagi yondoshuvi bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2022 yil 14 fevraldagi “Viloyatda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning muhim va dolzarb masalalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-42-21-12-0-K/22 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyat hokimligi mahkamasining 2022-yil 7-sentyabrdagi 10-6784-son dalolatnomasi). Mazkur taklif Xorazm viloyati aholisi o‘rtasida kambag‘allikni mutlaq, nisbiy, standart va gumanistik ko‘rinishi sifatida guruhlarga ajratish asosida ularning har biri yo‘nalishi bo‘yicha alohida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar aniqlik darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
aholining kambag‘allik darajasini oliy ta’lim qamroviga ko‘ra (
) va oliy ta’lim bitiruvchilarga ko‘ra (
) ssenariylari bo‘yicha qisqartirish modellari asosida berilgan taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2022 yil 14 fevraldagi “Viloyatda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning muhim va dolzarb masalalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-42-21-12-0-K/22 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyat hokimligi mahkamasining 2022-yil 7-sentyabrdagi 10-6784-son dalolatnomasi). Mazkur taklif “5232200-Ekonometrika” ta’lim yo‘nalishinig “Aholining turmush darajasini modellashtirish” fani dasturi ishlab chiqishda foydalanilgan va Xorazm viloyati aholisi o‘rtasida oliy ta’limga qamrovini 1,0 %ga oshirilsa, kam ta’minlangan aholi ulushini 0,6 foizga kamaytirishga imkon bergan;
iqtisodiy o‘sish va oliy ta’lim qamrovini oshirishning stoxastik ( uchun ekanligiga asoslanib) instrumentlari yordamida kambag‘allik darajasini baholashning takomillashtirilgan modeli natijalari bo‘yicha kambag‘allik darajasini qisqartirish taklifi Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2022 yil 14 fevraldagi “Viloyatda ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning muhim va dolzarb masalalari” hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-42-21-12-0-K/22 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyat hokimligi mahkamasining 2022-yil 7-sentyabrdagi 10-6784-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi va aholi jon boshiga umumiy real daromadni, 1,0 mln. so‘mga oshirilsa, Xorazm viloyati aholisining kambag‘allik darajasi 0.07 % va 0.4 %ga qisqartirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
kambag‘allikni qisqartirishning iqtisodiy o‘sish va oliy ta’lim qamrovi va bitiruvchilariga asoslangan ssenariyli 2022-2027-yillar uchun ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2022 yil 10 noyabrdagi “Xorazm viloyatidagi aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi dolzarb muammolarni bartaraf etish orqali aholining turmush sharoitini yanada yahshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VI-54-152-12-0-K/22 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyat hokimligi mahkamasining 2022-yil 7-sentyabrdagi 10-6784-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida oliy ta’lim qamrovining kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri bo‘yicha eng muhim indikatorlari asosida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.