Yangiboev Sirojiddin Juromurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotning agrar sektorida davlat investision siyosatini takomillashtirish”, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1761.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Anvar Saidmaxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Valiev Bobur Batirovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning agrar sektorida davlat investision siyosatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilganlik indeksi (AOI) qiymatini amaldagi darajasiga nisbatan ikki baravarga oshirish asosida davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi qishloq xo‘jaligiga sarflar ulushining tarmoq iqtisodiy o‘sish samaradorligiga ta’sirining maqbul darajasini ta’minlash asoslangan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sish sur’atini ta’minlashda kapital  hamda mehnat resurslari omillari nisbati o‘rtasidagi nomutanosiblikni moddiy-texnik bazani modernizatsiyalashga qo‘shimcha investisiyalarni jalb qilish orqali bartaraf etish asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or va “aqlli” texnologiyalarni tatbiq etishning “dolzarb nuqtalari”ni tanlash samaradorligini mazkur jarayonlarni texnologiyalashtirishning har tomonlama yo‘nalishlarini davom ettirish imkonini oldindan belgilashga ko‘ra tarmoq investision siyosatini joriy etish orqali ta’minlash asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiyalash orqali tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatining 2025-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotning agrar sektorida davlat investision siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilganlik indeksi (AOI) qiymatini amaldagi darajasiga nisbatan ikki baravarga oshirish asosida davlat byudjeti xarajatlari tarkibidagi qishloq xo‘jaligiga sarflar ulushining tarmoq iqtisodiy o‘sish samaradorligiga ta’sirining maqbul darajasini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Hududlar agrar sektorida davlat investision siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 23-dekabrdagi 03-30-2/10-15-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar hisobiga qishloq xo‘jaligiga xarajatlarni oshirish natijasida tarmoqdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ushbu investisiyalarni ichki tarmoq kesimida optimal taqsimlash hisobiga istiqbolda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilib, jumladan Qashqadaryo viloyatida 2021-yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining viloyat YaHMdagi ulushi 41,4 foizni tashkil qilishi bilan bir qatorda tarmoqdagi intensiv rivojlanishni ta’minlashga davlat xarajatlarining o‘sishi pirovardida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining 2020 yilga nisbatan o‘sish sur’atini 101,9 foizga etkazish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sish sur’atini ta’minlashda kapital  hamda mehnat resurslari omillari nisbati o‘rtasidagi nomutanosiblikni moddiy-texnik bazani modernizatsiyalashga qo‘shimcha investisiyalarni jalb qilish orqali bartaraf etish asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Hududlar agrar sektorida davlat investision siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 03-30-2/10-15-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Qashqadaryo viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar tarkibida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarning 2020 yilga nisbatan 2021 yildagi 106,9 foiz yillik o‘sishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or va “aqlli” texnologiyalarni tatbiq etishning “dolzarb nuqtalari”ni tanlash samaradorligini mazkur jarayonlarni texnologiyalashtirishning har tomonlama yo‘nalishlarini davom ettirish imkonini oldindan belgilashga ko‘ra tarmoq investision siyosatini joriy etish orqali ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan “Hududlar agrar sektorida davlat investision siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 10 yanvardagi 05-10/65-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2022 yilda Davlat byudjetidan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga xarajatlar hajmini 5 trln. so‘mgacha ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subektlari uchun sug‘orishning yangi texnologiyalariga o‘tish, zamonaviy laboratoriyalar barpo etishga xarajatlar o‘sishi ta’minlash imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiyalash orqali tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatining 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 avgustdagi “2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va infratuzilmani yanada yaxshilashga doir tezkor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 479-son Qarori 3-ilovasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2023 yil 10 yanvardagi 05-10/65- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida qishloq xo‘jaligiga davlat investisiyalarining mamlakat yalpi ichki mahsulotining barqaror o‘sishiga ta’sirining istiqbolli ko‘rsatkichlari tizimlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish