Rahmatov Elyor Jumaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bojxona sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslari”, 12.00.02. – Konctitusiyaviy huquq. Ma’mupiy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu184.
Ilmiy rahbar: Ruzinazarov Shuxrat Nuralievich, yupidik fanlap doktopi, ppofeccop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Davron Quvondiqovich, yuridik fanlar doktori, professor; Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekicton Pecpublikacida bojxona sohasidagi davlat boshqaruvining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bojxona organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilishi zarurligi asoslab berilgan;
bojxona organlarining o‘z faoliyatini amalga oshirishida, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga qarshi kurashishida davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shartligi asoslangan;
davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni bepul asosda taqdim etishi lozimligi asoslangan;
bojxona organlari umumjahon Internet tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka doir axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning moneliksiz foydalanishini ta’minlashi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalap quyidagilapda foydalanilgan: 
bojxona organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 5-moddasini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 20 noyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi bojxona organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bojxona organlarining o‘z faoliyatini amalga oshirishida, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga qarshi kurashishida davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi shartligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 5-moddasini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 20 noyabrdagi 06/2-06- son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi bojxona organlari tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga qarshi kurashishda hamkorlikni takomillashtirishga xizmat qilgan;
davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni bepul asosda taqdim etishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 5-moddasini takomillashtirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 20 noyabrdagi 06/2-06- son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni bepul asosda taqdim etish mexanizmlarini joriy qilishga xizmat qilgan;
bojxona organlari umumjahon Internet tarmog‘idagi o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini ta’minlashi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 380-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 18 noyabrdagi 21- son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishlarini ta’minlashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish