To‘raeva Yorqinoy Mamadalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya jarohatlari o‘tkir davrida ko‘ruv a’zolari zararlanishining klinik diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1044.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Egorov Evgeniy Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Buzrukov Botir To‘lkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston tibbiyot- sotsial instituti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shoshilinch tizimda bosh miya jarohatlarining o‘tkir davrida ko‘ruv a`zolari zararlangan bemorlarni tashxislash, konservativ va jarrohlik davo usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kranioorbital jarohatlardagi orbita suyak devori sinishi, suyak siniqlarini siljishi, ko‘z olmasini zararlanishi, yuqori tirqish sindromi rivojlanishi hamda ko‘ruv nervi zararlanishini e’tiborga olgan holda ilk marotaba kranioorbital jarohatlar tasnifi ishlab chiqilgan;
kranioorbital jarohatlanishning o‘tkir davrida orbita sohasining rentgen nurlari yordamida tekshirish natijasida nurlanish hajmini me’yordan oshirmaslik va yuqori informativlikni ta’minlash maqsadida yupqa kesimli MSKT tekshiruvini erta davrda o‘tkazish jarohatlar hajmi va turini o‘z vaqtida aniqlab, erta ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish samaradorligini nurlanish hajmini me’yordan oshirmagan holda oshishi isbotlangan;
kranioorbital jarohatlangan bemorlarni tekshiruvlar o‘tkazishga ko‘rsatmalar va ularning hajmini belgilashda bemor umumiy holatining og‘irligi (Glazgo shkalasi bo‘yicha xushyorlik darajasi) ga ko‘ra ilk bor oftalmologik tekshiruvlar hajmi aniqlangan;
kranioorbital jarohatlangan bemorlarni kompleks konservativ (neyroprotektor va nootrop modda) davo choralari qo‘llanilganda an’anaviy davoga nisbatan ko‘rish o‘tkirligini davodan so‘ng oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kranioorbital jarohati bilan tashxislangan bemorlarda ko‘ruv a`zolarini zararlanishini tashxislash va davolashdan olingan ilmiy natijalar asosida:
kranioorbital jarohatlangan bemorlarni tashxislash usulini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Diagnostika i lechenie povrejdennogo zritel`nogo nerva pri kranioorbital`nix porajeniyax» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi 8-n-r/107-son ma’lumotnomasi). Natijada kranioorbital jarohatlarda tashxislash va davolash taktikasini tanlashda ko‘ruv a`zolarini jarohatlanishini samarali davolash imkonini bergan;
kranioorbital jarohati bilan tashxislangan bemorlarda ko‘ruv a`zolarini zararlanishini tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Kranioorbital jarohatlarda ko‘ruv a`zolarini neyrooftal`mologik tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi 8-n-r/108-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kranioorbital jarohatlangan bemorlarning o‘ziga xos klinik xususiyatlarini tashxislash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan.
kranioorbital jarohati bilan tashxislangan bemorlarda klinik-patogenetik va davolash jihatlari shakllanishida neyrooftal`mologik tekshiruv usullarini asoslash natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasiga, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaz Namangan filiali shifoxonalari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 noyabrdagi 08-37825 - son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni joriy qilinishi kranioorbital jarohatlangan bemorlarlarda erta va aniq tashxislash, kompleks davolashni takomillashtirish orqali asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.