Fatxiddinov Asliddinjon Utkir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kar`erlarda portlatish ishlarini olib borish va zarar etkazuvchi omilning kattaligini boshqarish uchun kompleks xavfsizlik tizimini ishlab chiqish», 04.00.17 ‒ Konchilikda fizik jarayonlar, 05.10.02 – Favqulotda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T1695.
Ilmiy rahbarlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, professor; Suleymanov Adiljon Arifdjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali huzuridagi DSc.22/30.12.2019.T.98.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshov Javohir Burievich, texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Nurmuxammad Yangibaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kon massasini talab qilingan bo‘laklanish sifati hamda portlatish ishlarida xavfsiz sharoit ta’minlangan holda, kar`erlardagi tog‘ jinsi bo‘laklarini yoyilish masofasini kamaytirishning texnologik echimlarini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
portlovchi modda skvajinali zaryadini tiqinlashning yangi konstruksiyasini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi, skvajina og‘zi bo‘ylab portlash gazlarining chiqib ketish jarayonida tog‘ jinsi bo‘laklarining xavfli yoyilishini oldini olish, tog‘ jinslarini maydalashda portlash impul`sining davomiyligi va portlash energiyasidan foydalanish darajasining ortishi aniqlangan; 
faol texnologik, texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali avariyalarning sodir bo‘lish ehtimolini kamaytirish, chuqur kar`erlarda kon ishlarini olib borish joylariga yaqin zavodlarda ishlab chiqarish xavfsizligini oshirish va portlovchi materiallar assortimentini ratsionalizatsiya qilish aniqlangan;
katta chuqurlikdagi kar`erlarda portlatishda radioboshqaruvni qo‘llash orqali portlatish ishlari xavfsiz sharoitlarini ishlab chiqish, chuqur kar`erlar sharoitlarida portlatish ishlarining xavfsizligi va samaradorligini oshirishda kon mashinalari yaqinida portlatish ishlarini olib borishni taxminiy baholash va portlatilgan tog‘ jinsi bo‘laklarining zararli ta’siri nuqtai nazaridan muhandislik kommunikatsiyalarini joylashtirishni xavfsiz sharoiti ishlab chiqilgan;
portlash vaqtida zaharli gazlar miqdorini hisoblash imkonini beradigan, chang va gaz bilan birga otilib chiqadigan zararli gazlar miqdori, chang, gaz hamda bo‘laklarning xavfsiz masofaga otilishi Borland Delphi 7.0 kompyuter dasturida ishlab chiqilgan;
skvajinaning tiqinlovchi qismida qo‘llaniladigan 5% li silikat natriy aralashmasini 3:1 nisbatda gips va burg‘ilash kukuni bilan birgalikdagi qotuvchi aralashma tarkibini laboratoriya sharoitida o‘rganish hamda qo‘llash usuli ishlab chiqildi, olingan eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida skvajinada tiqin sifatida foydalanish uchun eng maqbul qotuvchi aralashma ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kar`erlarda portlatish va zarar etkazuvchi omilning kattaligini boshqarish uchun kompleks xavfsizlik tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
emul`sion portlovchi moddalar zavodining ishlashi uchun kompleks xavfsizlik tizimi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Qalmoqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 17 oktyabrdagi ChX-22-10-0083-son ma’lumotnomasi). Natijada, zavodda portlovchi moddalarning xavfsiz ishlab chiqarilishini ta’minlash va shu bilan birga zavodning mavjud xavflilik darajasini 6,5 balldan 4,0 ballga tushirish imkonini bergan; 
skvajina zaryadlarini elektr bo‘lmagan qo‘zg‘atish tizimidan foydalangan holda chuqur kar`erlarda portlatish ishlarini olib borish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Qalmoqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 17 oktyabrdagi ChX-22-10-0083-son ma’lumotnomasi). Natijada, yalpi portlashlarni o‘tkazish tartibi va energiyani uzatish mexanizmini o‘zgartirish imkonini bergan;
kar`erlarda portlatish jarayonida tog‘ jinsi bo‘laklarining yoyilishini kamaytirish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Qalmoqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 17 oktyabrdagi ChX-22-10-0083-son ma’lumotnomasi). Natijada, skvajinadan chiqib ketadigan zaharli gazlar va tog‘ jinsi bo‘laklarining xavfli yoyilish radiusini qisqartirish, portlash impul`sining davomiyligini oshirish va tog‘ jinslari massivining sifatli maydalanish darajasini oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish