Utemuratova Gulnaraxan Xojaniyazovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi rivojlanishining metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Iqt26.
Ilmiy maslahatchi: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Bektemirov Abdumalik, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi rivojlanishining metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
xizmat ko‘rsatish sohasida DXSh loyihalarida risklar ehtimolligini past (REpast≤0-2,5), o‘rta (REo‘rta≤2,6-4,5) va yuqori (REyuqori≤4,6-1) darajali guruhlarga tabaqalashtirish orqali davlat va xususiy sektor ishtirokchilari hamkorligini baholash o‘rtadagi risklarni taqsimlash va ularning ko‘lamini aniqlash mezonlari asosida takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi loyihasini baholashda dastlabki parametrlarining o‘zgarishiga bog‘liq holda olingan ko‘rsatkichlar sezgirligining nisbiy tavsifini ifodalovchi elastiklik koeffisiyentining maqbul qiymatlarini ta’minlash asosida samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi loyihalarini realizatsiya qilish va samaradorligini oshirish bosqichlari o‘rtasidagi izchillikni ta’minlash asosida davlat va xususiy biznes hamkorligi rivojlanishining investision faolligini oshirish taklifi asoslangan;
hudud investision jozibadorligi reytingi hududning iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish-resurs salohiyati, tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, iste’mol darajasi va turmush sifati hamda investision risk salmog‘ining integral ko‘rsatkichi orqali baholash asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasining barqaror rivojlanish dinamikasi asosida jami ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi rivojlanishining metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasida DXSh loyihalarida risklar ehtimolligini past (REpast≤0-2,5), o‘rta (REo‘rta≤2,6-4,5) va yuqori (REyuqori≤4,6-1)darajali guruhlarga tabaqalashtirish orqali davlat va xususiy sektor ishtirokchilari hamkorligini baholash o‘rtadagi risklarni taqsimlash va ularning ko‘lamini aniqlash mezonlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 13 iyuldagi 02/22-02-11/11-996-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish davlat risklarini tizimlashtirish va tasniflash orqali davlat-xususiy sherikligi loyihalarini realizatsiya qilishga to‘siq bo‘luvchi omillarni aniqlash imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi loyihasini baholashda dastlabki parametrlarining o‘zgarishiga bog‘liq holda olingan ko‘rsatkichlar sezgirligining nisbiy tavsifini ifodalovchi elastiklik koeffisiyentining maqbul qiymatlarini ta’minlash asosida samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 13 iyuldagi 02/22-02-11/11-996-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish davlat-xususiy sheriklik loyihasi dastlabki parametrlarining tayanch qiymatdan chetga chiqishini natijaviy loyiha ko‘rsatkichlariga ta’sir darajasini aniqlash asosida uning samaradorligini 25,0 %ga oshirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikligi loyihalarini realizatsiya qilish va samaradorligini oshirish bosqichlari o‘rtasidagi izchillikni ta’minlash asosida davlat va xususiy biznes hamkorligi rivojlanishining investision faolligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 13 iyuldagi 02/22-02-11/11-996-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish davlat-xususiy sherikligi yo‘nalishlari va vositalarini kengaytirish asosida xizmat ko‘rsatish sohasining strategik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
hudud investision jozibadorligi reytingi hududning iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish-resurs salohiyati, tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, iste’mol darajasi va turmush sifati hamda investision risk salmog‘ining integral ko‘rsatkichi orqali baholash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 13 iyuldagi 02/22-02-11/11-996-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga investisiyalarni jalb qilish shart-sharoitlari va salohiyati bo‘yicha potensial zahiralarni aniqlash asosida investision jozibadorlik darajasini 1,5 martaga oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasining barqaror rivojlanish dinamikasi asosida jami ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan respublikada xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari va «Yo‘l xarita»larini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 16 iyundagi 14/689-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2027 yilga kelib xizmat ko‘rsatish sohasida jami xizmatlar hajmini 49,5 % va mehnat unumdorligini 34,9 %ga oshirish imkoniyatlaridan kelib chiqib soha iqtisodiy faoliyati asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish