Pardaev Obid Mamayunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichimlik suvi ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt2419.
Ilmiy rahbar: Isroilov Bahodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Muhammedov Murod Muhammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aholiga ichimlik suvi ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini ochib berish va ularni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizdagi mavjud barcha suv resurslarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlashning yagona markazlashtirilgan suv balansini shakllantirish tartibi ishlab chiqilgan;
ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari uchun belgilanadigan tariflarni hududlar sharoitlari va o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda hisoblash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida ichimlik suvi narxlarini tasdiqlash vakolatini mahalliy Kengashlar vakolatiga berish zarurligi asoslangan;
mamlakatimizning suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirish va ushbu sohadagi barcha biznes jarayonlarini raqamlashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun "Uzwater" billing dasturi” ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan;
ichimlik suvi etkazib berish va oqava suvlarni chiqarish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini shaklantirish maqsadida 3I-3M-3T modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichimlik suvi ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini tadqiq qilish asosida:
mamlakatimizda mavjud barcha suv resurslarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlashning yagona markazlashtirilgan tizimini yaratish hamda yagona suv balansini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabrdagi “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5883 – sonli Farmonining 1-bandi, 2022 yil 22 iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784 – sonli Qonunning 2-bobi 7-moddasi 4 va 5 bandlarida o‘z aksini topgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJning 2021 yil 18 yanvardagi 01/1-153 – son va 2022 yil 18 avgustdagi 1/7-2303 – son ma’lumotnomalari). Buning natijasida, bugungi kunda, respublikadagi mavjud barcha suv resurslarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, ularni to‘g‘ri taqsimlash orqali sohani tizimli boshqarishga erishilgan;
ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari uchun belgilanadigan tariflarni hududlar sharoitlari va o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda hisoblash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida ichimlik suvi narxlarini tasdiqlash vakolatini mahalliy Kengashlar vakolatiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 sentyabrdagi PF-6074 – sonli “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi Investisiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni va 2022 yil 22 iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784 – sonli Qonun 46-47 – moddalarida o‘z aksini topgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJning 2021 yil 18 yanvardagi 01/1-153 – sonli va 2022 yil 18 avgustdagi 1/7-2303 – son ma’lumotnomalari). Mahalliy Kengashlar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari uchun tariflarning 2021 yilda qayta ko‘rib chiqilishi natijasida, korxonalarning daromadlari respublika bo‘yicha o‘rtacha 2,5 baravarga oshirilishiga erishilgan;
mamlakatimizning suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirish va ushbu sohadagi barcha biznes jarayonlarini raqamlashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun "Uzwater" billing dasturini joriy qilish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabrdagi “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5883 – sonli Farmoni va 2022 yil 22 iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784 – sonli Qonunida o‘z aksini topgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJning 2021 yil 18 yanvardagi 01/1-153 – son va 2022 yil 18 avgustdagi 1/7-2303 – son ma’lumotnomalari). "Uzwater" billing dasturining amaliyotga joriy qilinishi natijasida, ichimlik suvi ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarning moliyaviy oqimlarini samarali boshqarish, tushumlarni hisobga olish, iste’molchilarga o‘z vaqtida hisoblarni etkazish hamda mablag‘larni elektron tartibda o‘ndirish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Buning natijasida korxonalarning tushumlari 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 554 milliard so‘mga, 2022 yilda 250 milliard so‘mga oshishiga erishilgan;
ichimlik suvi etkazib berish va oqava suvlarni chiqarish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini shaklantirish maqsadida ishlab chiqilgan 3I-3M-3T modeli O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ tizimiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJning 2021 yil 18 yanvardagi 01/1-153 – son va 2022 yil 18 avgustdagi 1/7-2303 – son ma’lumotnomalari). Ushbu modelning soha faoliyatiga joriy qilinishi natijasida, xodimlarga vazifalarni talab darajasida bajarish uchun talablarning maqsadli qo‘yilishi, tizimdagi barcha biznes jarayonlarini tahlil qilish, sohani muntazam ravishda barqaror rivojlantirish hamda boshqaruvni takomillashtirish imkoniyatlari vujudga kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish