Kuchkarov Xudaynazar Muxiddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida ma’naviy transformatsiya», 09.00.09 – Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ss296.
Ilmiy rahbar: Jalilov Aktam Tashnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: Omonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Ahmedov Husniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida ma’naviy transformatsiya masalalarini tadqiq etish orqali uning mazmun-mohiyati va yo‘nalishlarida bo‘lgan o‘zgarishlarni davlatning umumiy ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yoshlar”, “yoshlarga oid davlat siyosati”, “ma’naviyat”, “ma’naviy tranformatsiya” tushunchalari ilmiy tadqiq etilib, ularning tarkibiy xususiyatlarini, o‘zgarishlarga moyilligini aniqlashda jamiyatimiz mentaliteti, qadriyatlari, stereotiplarining o‘ziga xosligi bilan bir qatorda davr talablari (murakkabligi, noaniqligi, siyosiy tasodiflarga boyligi, manfaatlar, mafkuralar xilma-xilligi v.x.k.zolar)ni hisobga olish zarurligi asoslangan;
yoshlarga oid davlat siyosatining davr talabidan kelib chiqqan holda milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish maqsadidagi transformatsiyalashuvi natijasida yoshlar ma’naviyatidagi ijobiy va salbiy jihatlar (xulq-atvor+tafakkur+faollik)ning o‘zgarish tendensiyalari dinamik holatda bo‘lgan ichki va tashqi: madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy omillar bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
yoshlardagi ma’naviy transformatsiyalashuvni vertikal yo‘nalishda hududiy va mahalliy, gorizontal yo‘nalishda “shaxs-jamiyat-davlat” tamoyili va manfaatlar ustuvorligini hisobga olgan holda tadqiq etishda tizimli tahlilning boshqaruvchanlik hamda diagnostik funksiyalaridan foydalanish muhimligi ilmiy asoslangan;
yoshlarga oid davlat siyosatining transformatsiyalashuvida kompleks yondashgan holda oila, mahalla, jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalari hamkorligining nofaol yoshlarda siyosiy, huquqiy, intellektual, ijodiy yo‘nalishdagi salohiyatini shakllantirishga oid imkoniyatlari ijtimoiy-siyosiy jihatdan tahlil etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida ma’naviy transformatsiya doirasida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
“yoshlar”, “yoshlarga oid davlat siyosati”, “ma’naviyat”, “ma’naviy tranformatsiya” tushunchalari ilmiy tadqiq etilib, ularning tarkibiy xususiyatlarini, o‘zgarishlarga moyilligini aniqlashda jamiyatimiz mentaliteti, qadriyatlari, stereotiplarining o‘ziga xosligi bilan bir qatorda davr talablari (murakkabligi, noaniqligi, siyosiy tasodiflarga boyligi, manfaatlar, mafkuralar xilma-xilligi v.x.k.zolar)ni hisobga olish zarurligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 28-iyuldagi 02/02/1220-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, targ‘ibot-tashviqot ishlarni to‘g‘ri rejalashtirish va vaqtdan unumli foydalanishga xizmat qilgan;
yoshlarga oid davlat siyosatining davr talabidan kelib chiqqan holda milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish maqsadidagi transformatsiyalashuvi natijasida yoshlar ma’naviyatidagi ijobiy va salbiy jihatlar (xulq-atvor+tafakkur+faollik)ning o‘zgarish tendensiyalari dinamik holatda bo‘lgan ichki va tashqi: madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy omillar bilan bog‘liqligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 27-iyuldagi 4-13-23-2275-son ma’lumotnomasi). Natijada, agentlik tomonidan o‘tkazilayotgan “Besh muhim tashabbus” bo‘yicha tadbirlarini tashkil etishda va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
yoshlardagi ma’naviy transformatsiyalashuvni vertikal yo‘nalishda hududiy va mahalliy, gorizontal yo‘nalishda “shaxs-jamiyat-davlat” tamoyili va manfaatlar ustuvorligini hisobga olgan holda tadqiq etishda tizimli tahlilning boshqaruvchanlik hamda diagnostik funksiyalaridan foydalanish muhimligiga doir ilmiy-amaliy takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022-yil 
20-iyuldagi 02/02-151-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi siyosiy-g‘oyaviy asosini mustahkamlashga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash hamda nazariy-metodologik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish