Xolliev Shamsiddin Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida propan-butan fraksiyasidan aromatik uglevodorodlar olishning takomillashtirilgan texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2044.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Muzaffar Murodovich, texnika fanlari doktori; Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik - texnologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar propan-butan fraksiyasidan oksidlovchilar ishtirokisiz katalizatorlar ishtirokida katalitik aromatlab bir va ko‘p yadroli aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolardan turli tarkibli yuqori kremniyli seolit katalizatorlari olingan va ularning tuzilishi, faol  markazlarining tabiati aniqlangan;
tanlangan yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan katalizatorlarning katalitik faolligining ularning struktur va morfologik tuzilishiga bog‘liqligini tekshirish uchun propan-butan fraksiyasini oksidlovchilar ishtirokisiz mono va ko‘p halqali aromatik uglevodorodlarga katalitik aromatlash jarayonida katalizatorlarning teksturaviy va fizik-kimyoviy xarakteristikalari orasidagi bog‘liqligi aniqlangan; 
propan-butan fraksiyasini oksidlovchilar ishtirokisiz  katalizatorlar ishtirokida katalitik aromatlash reaksiyasida  turli tarkibda va turli usullarda olingan seolitli katalizatorlarning aromatlash reaksiyasining borish qonuniyatlari asosida katalitik tizimlarning maqbul tarkibi aniqlangan;
ilk bor olingan (MoO3)x(ZnO)y(ZrO2)z(B2O3)k tarkibli katalizatorni qo‘llab neft` yo‘ldosh gazlari tarkibidagi propan-butan uglevodorodlaridan bir va ko‘p yadroli aromatik uglevodorodlar olishda harorat 5500S da olingan aromatik uglevodorodlar unumi va selektivligi  mos ravishda 36,4% va 48,4% ekanligi, harorat 650 0S ga ko‘tarilganda esa aromatik uglerodlar unumi 36,4% dan 49,9% gacha, selektivligi esa 48,4% dan 57,6% gacha  ortishi aniqlangan;
tanlangan yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan  quyidagi      formula (MoO3)x(ZnO)y(ZrO2)z(B2O3)k tarkibga ega bo‘lgan katalizatorning barqarorlik xossasi yuqoriligi, ya’ni kokslanish darajasi pastligi aniqlangan; 
mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan katalizatordan foydalanib propan-butan fraksiyasidan oksidlovchilar ishtirokisiz  katalizatorlar ishtirokida katalitik aromatlash natijasida bir va ko‘p yadroli aromatik uglevodorodlar olish jarayonining texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Propan-butan fraksiyasini oksidlovchilar ishtirokisiz  katalizatorlar ishtirokida katalitik aromatlab, bir va ko‘p yadroli aromatik uglevodorodlar olish uchun katalizatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida olingan (MoO3)x∙(ZnO)y∙(ZrO2)z•(V2O3)k  tarkibli katalizator «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2022 yil 18 noyabrdagi 991/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi katalizatordan foydalanish propan-butan fraksiyasidan bir va ko‘p yadroli aromatik uglevodorodlar olish va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
propan-butan fraksiyasini oksidlovchilar ishtirokisiz  mahalliy xom ashyolar asosida olingan katalizatorlar ishtirokida katalitik aromatlab, bir va ko‘p yadroli aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodida  amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2022 yil 18 noyabrdagi 991/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, (MoO3)x∙(ZnO)y∙(ZrO2)z•(V2O3)k  tarkibli katalizator yordamida propan-butan fraksiyasidan katalitik aromatlab, bir va ko‘p yadroli aromatik uglevodorodlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish