Adilova Durdona Shuxratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SARS-CoV2 infeksiyasining erta reabilitatsiya davrida jigar shikastlanishi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2668.
Ilmiy rahbar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 o‘tkazgan bemorlarning erta reabilitatsiya davrida jigarning funksional hamda strukturaviy holatini baholash va aniqlangan o‘zgarishlarni davolashni muvofiqlashtirish yo‘llarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 ning erta reabilitatsiya davridagi bemorlarda sitolitik, xolestatik sindrom mavjudligi va oqsil sintez qilish faoliyatining pasayishi bilan kechuvchi jigarning funksional holatini buzilishining biokimyoviy belgilari asoslangan;
jigar biokimyoviy ko‘rsatkichlarining yaqqol ifodalanganligining mezenximal-yallig‘lanish va giperkoagulyasiya sindromlar faolligi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda jigar fibrozining rivojlanish xavfini bashorat qiluvchi omillar sifatida anamnezida autoimmun gepatit, qon zardobida laktatdegidrogenaza  konsentratsiyasining ortishi va elastografiyada jigar parenximasining qattiqlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar asoslangan;
gepatoprotektorlardan foydalanish kasallik reabilitatsiyasida sitolitik, xolestatik sindromlar va portal gipertenziya belgilari me’yorlashuviga ijobiy ta’sir etishi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Erta reabilitatsiya davrida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda jigarning funksional va strukturaviy holatini baholash hamda davolash yo‘llarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan: 
SARS-CoV2 infeksiyasining erta reabilitatsiya davrida jigar shikastlanishi bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan “COVID-19ning erta reabilitatsiya davrida jigar shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 iyundagi 8n-r/577-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 bilan kasallangandan keyingi reabilitatsiya choralari tamoyillarini takomillashtirish va jigar fibrozining rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni ajratish, asoratlar xavfini kamaytirish, kasallikning prognozini hamda bemorlarning yashovchanligini yaxshilash imkonini bergan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlar jigarning funksional va strukturaviy holatini baholash hamda davolashni muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining tibbiy reabilitatsiya bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 13 yanvardagi 08/00427-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi erta reabilitatsiya davrida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda gepatobiliar tizim disfunksiyasini o‘z vaqtida tashxislash va jigar fibrozi rivojlanishi xavf omillarini aniqlash, davolashni takomillashtirish hamda va prognozni yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish