Sohibova Ziyoda Raxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi    himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fertil yoshdagi ayollarda mis va rux tankisligining klinik- laborator aspektlari”, 14.00.29 - Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1582.
Ilmiy rahbar: Boltaev Kamol Jumaevich, tibbiyot fanlari   doktori,  dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mamatov Saginali Murzaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iz Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fertil yoshdagi ayollar orasida rux va mis mikroelementi tanqisligi uchrash darajasi, uni keltirib chiqaruvchi havf omillarini aniqlash va oldini olishning  klinik - laborator jihatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mis va rux mikroelementlari tanqisligining Buxoro viloyati  shahar va qishloq hududida yashovchi fertil yoshdagi ayollar orasida uchrash chastotasi va klinik namoyon bo‘lish shakllari aniqlangan;
fertil yoshdagi ayollarda kuzatiladigan rux va mis mikroelementi tanqisligining kamqonlik va kamkonliksiz kechish shakllarining klinik- laborator jihatlari solishtirma o‘rganilib, bu mikroelementlarning gemopoez tizimi buzilishidagi ahamiyati asoslangan; 
mis va rux mikroelementi tanqisligi bo‘lgan fertil yoshdagi ayollarda  nogematologik sindromlar namoyon bo‘lishi va ularning mikroelementlar tanqislik darajasi bilan bog‘liqligi asoslangan;
mis, rux va temir tanqisligi mavjud bo‘lgan ayollarda ularning asoratlanishi oldini olish va bashoratlash tamoyillari ishlab chiqilgan.       
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fertil yoshdagi ayollarda mis va rux tankisligining klinik- laborator aspektlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida:
fertil yoshdagi ayollarda mis va rux tanqisligi sindromini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Fertil yoshdagi ayollarda polidefisitli holatlarni erta aniqlash va oldini olishni muvofiqlashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 iyundagi 8n-r/707-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomada fertil yoshdagi ayollarda kuzatiladigan polidefisitli holatlar, ularni keltirib chiqaruvchi havf omillari, uni erta aniqlash va oldini olishning klinik – laborator usullarini muvofiqlashtirishga xizmat qilgan; 
fertil yoshdagi ayollarda mis va rux tanqisligi sindromini o‘rganish bo‘yicha  olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Kogon tuman tibbiyot birlashmasi, Olot tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 iyundagi 8n-z/331-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, fertil yoshdagi ayollarda uchraydigan mis va rux mikroelementlari etishmovchigi bilan bog‘liq patologik holatlarni klinik-laborator usullar orqali aniqlash, bemorlarda kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va davolashning algoritmini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish