Jabborov Shermat Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning tog‘ oldi sharoitida qorabayir zotli toylarni jadal o‘stirish texnologiyasi”, 06.02.03 - Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.1.PhD/Qx 876.
Ilmiy rahbar: Nurmatov A’zamjon Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali, PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Shaptakov Erkin Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Hafizov Inoyat Ismoilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning tog‘ oldi sharoitida qorabayir zotli toylarni vinochilik sanoatining ikkilamchi mahsulotlaridan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalardan foydalanib jadal o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda qorabayir zotli toylarni oziqlantirishda tarkibida vitamin E, V1, V2, R, RR, provitamin A, mineral moddalar saqlovchi vinochilik sanoati ikkilamchi mahsulotlaridan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalardan foydalanganligi asoslangan;
vino sanoati ikkilamchi mahsulotlaridan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan ozuqani bir kunlik ratsionga o‘rtacha 300-400 g. dan qo‘shib berish natijasida tajriba guruhidagi 24 oylik toylarning tirik vazni 340,1 kg ga etkazilgan, natijada nazorat guruhiga nisbatan 48,9 kg ga yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
vino sanoati ikkilamchi mahsulotlaridan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan ozuqalarni toylar organizmida hazmlanish koeffisienti nazorat guruhiga nisbatan II tajriba guruhida protein 2,53%, kletchatka 3,68%, yog‘ 86,43% ga yuqoriligi aniqlangan;
qorabayir zotli toylarni turli o‘sish davrlarida qon tarkibidagi shaklli elementlarning o‘zgarishi o‘rganilganda nazorat guruhiga nisbatan II tajriba guruhida eritrotsitlar 1,06 va 0,3x1012/l, leykotsitlar 2,26 va 0,6 x109/l, trombotsitlar 4,67 va 0,67 x109/l ga yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
tadqiqotlar natijasida nazorat guruhidagi toylarda iqtisodiy samaradorlik darajasi 7,35 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, ikkilamchi uzum mahsulotlaridan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan ozuqa bilan boqilgan II tajriba guruhidagi toylarning iqtisodiy samaradorlik darajasi 18,84 foizni tashkil qilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning tog‘ oldi sharoitida qorabayir zotli toylarni jadal o‘stirish texnologiyasi yo‘nalishida olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
toylarni biologik faol qo‘shimchalar yordamida jadal o‘stirish texnologiyasi Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani “Qorabayir” harbiy yilqichilik xo‘jaligida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 28 iyuldagi 02/23-310 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada 1 bosh toyni jadal o‘stirishdan olingan daromad 1718,0-1860,0 ming so‘mni, rentabellik darajasi 15,72-18,12 foizni tashkil etgan;
toylarni biologik faol qo‘shimchalar yordamida jadal o‘stirish texnologiyasi Toshkent viloyati Qibray tumani “Saman samo” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 28 iyuldagi 02/23-310 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada 1 bosh toyni jadal o‘stirishdan olingan sof foyda 228,9-280,9 ming so‘mni, rentabellik darajasi 15,38-17,79 foizni tashkil etgan;
toylarni biologik faol qo‘shimchalar yordamida jadal o‘stirish texnologiyasi Xorazm viloyati Yangibozor tumani “Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi” da joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 28 iyuldagi 02/23-310 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada 1 bosh toyni jadal o‘stirishdan olingan sof foyda 224,7-276,5 ming so‘mni, rentabellik darajasi 15,04-17,47 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish