Sharipova Xilola Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xalqaro texnologiyalar transferini huquqiy tartibga solinishi”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu874.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor; Ahmedov Azizxon, yuridik fanlar doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro texnologiyalar transferi va uning doirasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solinishini yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologiyalar transferini amalga oshirish, bunda transfer texnologik jamlanma sifatida amalga oshirilishi va uning huquqiy mexanizmlari asoslangan;
texnologiyalar transferi doirasida shartnomalar qo‘llanilishi tartibi hamda texnologiyalar transferi shartnomasi alohida shartnoma sifatida asoslangan;
intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni tizimlashtirish, bunda intellektual mulk, innovatsiya va texnologiyalar transferi hamda raqamli reallikni e’tiborga olgan holda kompleks tartibga soluvchi yagona kodeks qabul qilinishi zarurati va uning asosiy tamoyillari asoslab berilgan;
davlat byudjeti hisobidan yaratilgan intellektual mulk ob’ektlari transferini tartibga solish tamoyillari ishlab chiqilgan hamda ularni qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yish zarurati asoslab berilgan;
raqamli iqtisodiyot doirasida texnologiyalar transferini amalga oshirishda maxsus platformalar yaratilishi, ularning huquqiy mexanizmlari ishlab chiqilishi va bunda virtual yuridik shaxslar hamda sun’iy intellekt asosida o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi tizimlar faoliyatining huquqiy asosi va chegarasini belgilab berish zarurati ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
texnologiyalar transferini amalga oshirish, bunda texnologik jamlanma sifatida transfer amalga oshirilishi va uning huquqiy mehanizmlarini belgilashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi Qonunining 3- va 21-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2022 yil 12 avgustdagi 04/11-11-133-son dalolatnomasi). Ushbu taklif texnologiyalar transferini amalga oshirish jarayonining huquqiy tartibga solinishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
texnologiyalar transferi doirasida shartnomalar qo‘llanilishi tartibi hamda texnologiyalar transferi shartnomasini qonunchilikda aks ettirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasida hamda Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi Qonunning 23-moddasida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2022 yil 12 avgustdagi 04/11-11-133-son dalolatnomasi). Ushbu taklif texnologiyalar transferi xalqaro miqyosda amalga oshirilishining shartnomaviy-huquqiy tartibga solinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni tizimlashtirish, davlat byudjeti hisobidan yaratilgan intellektual mulk ob’ektlari transferini tartibga solish, raqamli iqtisodiyot doirasida texnologiyalar trasnferini amalga oshirishda maxsus platformalar yaratilishi hamda Global innnovatsiya reytingida mamlakat pozisiyasini oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlarida e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 14 oktyabrdagi 8/1-5/66-28-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mamlakatda texnologiliyalar transferini tartibga solishni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotini rivojlantirishga xizmat qilgan.