Abdurashidova Go‘zalxon Akrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta-to‘qimachilik klasterlarida moliyaviy natijalar hisobi va hisobotini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2509.
Ilmiy rahbar: Pardaev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maqsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta-to‘qimachilik klasterlarida moliyaviy natijalar hisobi va hisobotini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahsulotlarni sotishdan sof tushumlarni 9011-“Tayyor mahsulotlarni sotishdan sof tushumlar” hamda 9012-“Yarim tayyor mahsulotlarni sotishdan sof tushumlar” nomli alohida ishchi schyotlarida hisobga olish taklif etilgan;
sotilgan mahsulotlarning tannarxini 9111-“Sotilgan mahsulotlarning tannarxi” hamda 9112-“Sotilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi” nomli alohida ishchi schyotlarida hisobga olish taklif etilgan;
asosiy faoliyat bilan bog‘liq holda operativ tarzda daromadni hisoblash va xarajatlarni nazorat qilib borish uchun marjinal daromadni aniqlash taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari moliyaviy natijalarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida “Foyda va zararlar to‘g‘risida”gi hisobot ko‘rinishida shakllantirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta-to‘qimachilik klasterlarida moliyaviy natijalar hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahsulotlarni sotishdan sof tushumlarni 9011-“Tayyor mahsulotlarni sotishdan sof tushumlar” hamda 9012-“Yarim tayyor mahsulotlarni sotishdan sof tushumlar” nomli alohida ishchi schyotlarida hisobga olish taklifi “O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 27 dekabrdagi 84-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan xisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 29 dekabrdagi 03/22-910-son ma’lumotnomasi). Natijada Paxta-to‘qimachilik klasterlarida tayyor hamda yarim tayyor mahsulotlarni sotishdan sof tushumlar to‘g‘risida joriy va jamlanma buxgalteriya axborotlarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
sotilgan mahsulotlarning tannarxini 9111-“Sotilgan mahsulotlarning tannarxi” hamda 9112-“Sotilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi” nomli alohida ishchi schyotlarida hisobga olish taklifi “O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 27 dekabrdagi 84-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan xisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 29 dekabrdagi 03/22-910-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarda sotilgan mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi to‘g‘risida analitik buxgalteriya axborotlarini shakllantirish, sotilgan mahsulotlar tannarxini tahlil qilib borish imkoniyati yaratilgan;
asosiy faoliyat bilan bog‘liq holda operativ tarzda daromadni hisoblash va xarajatlarni nazorat qilib borish uchun marjinal daromadni aniqlash taklifi “O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 27 dekabrdagi 84-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan xisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 29 dekabrdagi 03/22-910-son ma’lumotnomasi). Natijada Paxta-to‘qimachilik klasterlarida asosiy faoliyat bilan bog‘liq holda mahsulotlar hajmini boshqarib borish, operativ daromadlarni hisoblash va ishlab chiqarish bilan bog‘liq o‘zgaruvchan xarajatlarni nazorat qilish imkoniyati yaratilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari moliyaviy natijalarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida “Foyda va zararlar to‘g‘risida”gi hisobot ko‘rinishida shakllantirish taklifi “O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 27 dekabrdagi 84-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan xisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 29 dekabrdagi 03/22-910-son ma’lumotnomasi). Natijada Paxta-to‘qimachilik klasterlarining moliyaviy natijalarini xalqaro standartlar talablari asosida “Foyda va zararlar to‘g‘risida”gi hisobot shakli bilan mosligi ta’minlanib, xorijiy investorlar uchun zarur bo‘lgan axborotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish