Sayt test rejimida ishlamoqda

Avezova Nazokat Ibodullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Suyuq materiallar namlik miqdorini avtomatik nazorat qilish uchun issiqlik usuli va qurilma», 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T599
Ilmiy rahbar: Ismatullaev Patxulla Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor;  Abdullaev Mahmud Muxammadievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Suyuq materiallarning (neft va neft mahsulotlari) namlik miqdorini nazorat qilish uchun sodda konstruksiyaga va arzon narxga ega issiqlik  o‘zgartirgichni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘lchash sxemasi chiqish signalining suyuq materiallardagi namlik miqdoriga bog‘liqligini aks ettiruvchi issiqlik to‘rtqutbliklar nazariyasi asosida issiqlik o‘zgartgichning matematik modeli ishlab chiqilgan;
issiqlik o‘tkazuvchanligiga va me’yorlangan metrologik xususiyatli issiqlik o‘tkazgichi bo‘ylab haroratning taqsimlanishiga asoslangan suyuq materiallar suv miqdori issiqlik o‘zgartkichining real ekspluatatsion ishlatish sharoitida statik va dinamik xarakteristikalari qurilgan;
suyuq materiallarning suv miqdorini nazorat qilish uchun kengaytirilgan funksional imkoniyatlari bilan mavjudlaridan farqlanuvchi zondli, yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan binar issiqlik o‘zgartkichining konstruksiyasi va o‘lchash sxemasi ishlab chiqilgan;
Nusselt kriteriyasi asosida issiqlik uzatish koeffisenti va suyuq materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti orasida determinlashgan matematik aloqa o‘rnatish maqsadida namlik miqdorini o‘lchash intervalini kengaytirish imkonini beruvchi birlamchi o‘zgartkichning metrologik xarakteristikalarini yaxshilash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
suyuq materiallarning namligini nazorat qilish qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 06479, 30.04.2021 y.). Natijada, yaratilgan qurilma suyuq materallar (neft va neft mahsulotlari)ning namlik miqdorini mavjudlariga nisbatan 15 % ishonchli o‘lchash imkonini bergan;
suyuq materiallarning namlik miqdorini nazorat qilishda issiqlik o‘zgartirgichning konstruksiyasi va o‘lchash sxemasi “Jizzax neftni qayta ishlash” MChJga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 18 fevraldagi 03-17-5/25-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan qurilmani joriy etishning iqtisodiy samarasi o‘lchashlarning aniqligini va texnologik jarayonning samaradorligini oshirish, ekspress nazorat qilish, namlik miqdoriga putur etkazmaydigan nazorat usulidan foydalanish va unga qo‘shiladigan energiya va mehnat xarajatlari hisobiga amalga oshish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish