Mamasoliev Zoxidjon Ne’matovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshi ulug‘ va geront aholi populyasiyasida glaukomani tarqalishi, kechishi va profilaktikasida xos xususiyatlari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib618
Ilmiy maslahatchi: Qayumov Ulug‘bek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019Tib.95.02
Rasmiy opponentlar: Yangieva Nodira Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fozilov Abdukoxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II.Tadqiqotning maqsadi: Yoshi ulug‘ va geront aholi populyasiyasida glaukomani tarqalishi, kechishi va profilaktikasining xos xususiyatlarini aniqlash xamda baxolash va “epidemiologik oxirgi nuqta” larni bashorat qilish uchun noinvaziv innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Farg‘ona vodiysining geront aholi populyasiyasida glaukomaning tarqalishini o‘rganish, baholash va spesifik xududiy mos profilaktikasi uchun tayanch negizlari aniqlangan;
Farg‘ona vodiysining geront aholi populyasiyasida glaukomani endogen va ekzogen xatar omillari aniqlangan;
Geront aholi populyasiyasida glaukomani xatar omillariga bog‘liqligini qiyosiy aniqlangan;
Geront aholi populyasiyasida glaukomani klinik kechishi va avj olishi xususiyatlarini Farg‘ona vodiysi sharoitida aniklangan;
Yoshi ulug‘ va geront aholi populyasiyasida glaukomani erta aniqlash va muqobil oldini olishga, avjlanishi xamda asoratlanishini bartaraflashga qaratilgan xos profilaktikasi dasturi va algoritmini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshi ulug‘ va geront aholi populyasiyasida glaukomani tarqalishi, kechishi va profilaktikasida xos xususiyatlari erta tashxislashning ilg‘or innovatsion texnologiyalarini va samarali profilaktika tizimini ishlab chiqish orqali glaukomani davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gerontologik yoshdagi aholi populyasiyasida glakomani epidemiologiyasi va profilaktikasining xududiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Gerontologik yoshdagi aholi populyasiyasida glakomani epidemiologiyasi va profilaktikasining xududiy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 8n –r /990 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Gerontologik yoshdagi aholi populyasiyasida glakomani epidemiologiyasi va profilaktikasining xududiy xususiyatlari va u bilan bog‘liq klinik holatlar rivojlanishini oldini olish bo‘yicha profilaktik yondashuvlar sifatini oshirish imkonini bergan;
Gerontologik yoshdagi aholi populyasiyasida glakomani epidemiologiyasi va profilaktikasining xududiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi amaliyotlariga joriy qilingan. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi amaliyotiga joriy qilingan. Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga amaliyotiga joriy qilingan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialiga amaliyotiga joriy qilingan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga amaliyotiga joriy qilingan. Tadqiqot natijalari Gerontologik yoshdagi aholi populyasiyasida glakomani epidemiologiyasi va profilaktikasining xududiy xususiyatlari shakllanishini oldini olishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.