Abdullaev Aybek Nazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodavlat ta’lim tashkilotlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2462.
Ilmiy rahbar: Raximov Matnazar Yusupovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nodavlat ta’lim tashkilotlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muassasa (notijorat) maqomidagi tashkiliy-huquqiy shaklga ega nodavlat ta’lim tashkilotlarida «maqsadli tushum»lar hisobiga oid operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun 8850 – «Nodavlat ta’lim muassasasining pullik ta’lim xizmatlari uchun maqsadli tushum va xarajatlar» ishchi schyotini kiritish zarurligi asoslangan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida daromad va xarajatlar hisobiga oid operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida 9060 – «Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlar» va 9160 – «Ko‘rsatilgan nodavlat ta’lim xizmatlarining tannarxi» ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan;
nodavlat ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining mehnat ta’tili bilan bog‘liq xarajatlari uchun rezerv fondini shakllantirish va analitik hisobini yuritish uchun 8920 – «Ta’lim tashkilotlarining mehnat ta’tiliga oid xarajatlar rezervi» ishchi schyotni kiritish taklif etilgan;
umumiy xarajatlarni oliy ta’lim xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha olingan daromad miqdoriga mutanosib taqsimlash asosida tan olish amaliyotini kiritish natijasida nodavlat ta’lim tashkilotlari xisob siyosati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
muassasa (notijorat) maqomidagi tashkiliy-huquqiy shaklga ega nodavlat ta’lim tashkilotlarida «maqsadli tushum»lar hisobiga oid operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun 8850 – «Nodavlat ta’lim muassasasining pullik ta’lim xizmatlari uchun maqsadli tushum va xarajatlar» ishchi schyotini kiritish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar Federatsiyasining 2022 yil 6 sentyabrdagi 9-1-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar Federatsiyasining 2022 yil 6 sentyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ta’lim xizmatlari uchun maqsadli pul tushumlarining analitik hisobini yuritish va tahliliy axborotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida daromad va xarajatlar hisobiga oid operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida 9060 – «Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlar» va 9160 – «Ko‘rsatilgan nodavlat ta’lim xizmatlarining tannarxi» ishchi schyotlarni kiritish taklifi O‘zbekiston buxgalterlar Federatsiyasining 2022 yil 6 sentyabrdagi 9-1-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar Federatsiyasining 2022 yil 6 sentyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlari bo‘yicha daromad va xarajatlarga oid tahliliy buxgalteriya axborotlarni shakllantirishga erishilgan;
nodavlat ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining mehnat ta’tili bilan bog‘liq xarajatlari uchun rezerv fondini shakllantirish va analitik hisobini yuritish uchun 8920 – «Ta’lim tashkilotlarining mehnat ta’tiliga oid xarajatlar rezervi» ishchi schyotdan foydalanishga oid taklifi O‘zbekiston buxgalterlar Federatsiyasining 2022 yil 6 sentyabrdagi 9-1-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar Federatsiyasining 2022 yil 6 sentyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog-xodimlarning mehnat ta’tili bilan bog‘liq xarajatlarni tashkilotning ta’lim xizmati davriga mutanosib ravishda taqsimlash hamda ularning analitik hisobini yuritish imkoniyati yaratilgan;
umumiy xarajatlarni oliy ta’lim xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha olingan daromad miqdoriga mutanosib taqsimlash asosida tan olish amaliyotini kiritish orqali nodavlat ta’lim tashkilotlari xisob siyosatini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston buxgalterlar Federatsiyasining 2022 yil 6 sentyabrdagi 9-1-sonli qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar Federatsiyasining 2022 yil 6 sentyabrdagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumxo‘jalik xarajatlarini olingan daromadlar miqdoriga mutanosib tarzda ta’lim xizmatlarining turlari bo‘yicha taqsimlash tartibi joriy etilib, har bir ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.