Ataxanov Baxtiyor Turabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston va Belarus` o‘rtasida hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishi (1991–2022 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Tar453.
Ilmiy rahbar: Kirgizbaev Abdugappar Karimdjanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor; Ataxadjaeva Sayyora Melisovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2022 yillarda O‘zbekiston va Belarus` Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlikning shakllanish tarixini huquqiy, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar kesimida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston va Belarus` hamkorligini siyosiy-huquqiy asoslari 1991-2016 yillarda yaratilishi, hamkorlikning asosiy xususiyatlari, prinsiplari hamda ustuvor yo‘nalishlarining amaliyotga joriy etilishi, 2017 yildan iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarilganligi tarixiy-strukturaviy asosda dalillangan;
davlatlararo mintaqaviy tuzilmalar doirasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning hamkorlik asosidagi yondashuvlari, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish, zooinjenering va veterinariya sohasida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish zaruriyati asoslangan;
O‘zbekiston va Belarus` o‘rtasida savdo va iqtisodiy sohalardagi hamkorlik aloqalarida ishlab chiqarish sohasini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, chorvachilik va kartoshkachilik yo‘nalishlarining istiqbollariga xizmat qilishi isbotlangan;
o‘zbek va belarus` xalqlari o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashda O‘zbek milliy akademik drama teatri, “O‘zbekfil`m”, “Belarusfil`m”, “Svitanak” belarus` madaniy markazi, “Svyata” Belarus` davlat xalq musiqasi jamoalarining ijtimoiy faolligi, xalqlar o‘rtasidagi madaniy munosabatlar uyg‘unlashuviga xizmat qilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va Belarus` hamkorlik aloqalarining shakllanish va rivojlanish tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
O‘zbekiston va Belarus` o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik respublikamiz bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini shakllantirishda asosiy bo‘g‘inlardan biri hisoblangan qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohalarini rivojlantirishdagi tahlili, shuningdek, O‘zbekistonda fan-texnologiyalar va ta’lim tizimini rivojlantirishda Belarus` Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, ta’lim dasturlari va ularning amalga tadbiq qilinishiga oid taklif-tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining 2021-2022 yillardagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Qishloq hayoti”, “Etnoglobus” eshittirishlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali davlat muassacasining 2022 yil 28 fevraldagi 04-36-407-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston va Belarus` o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorliida qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohalarini rivojini tahlil qilishga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining Xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi faoliyatida, xususan, Belarus` bilan aloqalarni mustahkamlash, savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishda, shu bilan bir qatorda, ikki mamlakat hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida amaldagi bitim, kelishuv shartnomalarining ijrosi yuzasidan o‘zaro fikr almashib turish mexanizmini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 15 iyundagi 02-10-05761-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston va Belarus` aloqalarni yanada mustahkamlash, savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlasha xizmat qilgan;
O‘zbekiston va Belarus` xalqlarining do‘stona aloqalarini yanada mustahkamlashda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va Toshkent shahar “Svitanak” belarus` madaniy markazining madaniy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etishda, shuningdek, O‘zbekiston – Belarus` do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 19 iyuldagi 14-07-1217-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston – Belarus` do‘stlik aloqalarini yanada rivojlanishida xizmat qilgan.