Allayarov Nurmanbet Urazimbetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning ma’muriy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu238.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Fayziev Xayriddin Sirojiddinovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning ma’muriy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining poezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yo‘lovchilar transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlarini qonunchilikda belgilash lozimligi asoslantirilgan;
transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash va barham berishning asosiy vositalaridan biri ekanligi asoslantirilgan;
transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikdan belgilangan muddatdan kechiktirmay o‘tkazilishi shartligini ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilash zarurligi asoslantirilgan;
M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqi berilgan tadbirkorlik sub’ektlarining hisobini yuritish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni IIVning rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish vazifasini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati zimmasiga yuklash zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning ma’muriy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining poezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yo‘lovchilar transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborganlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha vakolatlarini qonunchilikda belgilashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 26 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-643-son qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 248-moddasi
5-bandiga kiritilgan o‘zgartirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlari
va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 13 apreldagi 05/1-01-80-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi vakolatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash va barham berishning asosiy vositalaridan biri sifatida belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 maydagi 12/21-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish vazifalarining qonunchilikda mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikdan belgilangan muddatdan kechiktirmay o‘tkazilishi shartligini ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 12-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021 yil 5 maydagi 12/21-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi transport vositalari egalarining transport vositalarini navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish borasidagi shaxsiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan;
M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqi berilgan tadbirkorlik sub’ektlarining hisobini yuritish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni IIVning rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish vazifasini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati zimmasiga yuklashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 21-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 maydagi 12/21-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining yagona hisob reestri shakllanishiga hamda aholini jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini xabardor qilishga xizmat qilgan.