Xushvaktova Nodira Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritishda jamoatchilik ishtirokini takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu706.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Bahodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor; Bazarova Dildora Baxadirovna, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritishda jamoatchilik ishtirokini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etayotgan jamoatchilik vakilining jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati o‘tkazilayotgan joyga sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra bevosita kelish imkoniyati bo‘lmaganda, ularning ishtirokini ta’minlash maqsadida, tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish zarurligi asoslantirilgan;
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki jinoyatni fosh etishga ko‘maklashayotgan jamoatchilik vakilining xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga ta’sir qiladigan bo‘lsa, sud majlisini ularning ishtirokisiz o‘tkazish lozimligi asoslantirilgan;
jamoatchilik vakillarini qidiruvda bo‘lgan shaxsning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, ikki yoki undan ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun esa, bazaviy hisoblash miqdorining etti baravari miqdorida rag‘batlantirish zarurati asoslantirilgan;
jamoatchilik vakillari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berilganida yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqacha tarzda ko‘maklashilganda, ularni rag‘batlantirish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida, bu bilan bog‘liq harajatlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritishda jamoatchilik ishtirokini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etayotgan jamoatchilik vakilining jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati o‘tkazilayotgan joyga sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra bevosita kelish imkoniyati bo‘lmaganda, ularning ishtirokini ta’minlash maqsadida, tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishni qonunchilikda mustahkamlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-542-son Qonunining 9-moddasiga asosan, JPKning 912-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 17 maydagi 04/2-10/1432-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi tergov harakatlarida jamoatchilik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qilgan;
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki jinoyatni fosh etishga ko‘maklashayotgan jamoatchilik vakilining xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga ta’sir qiladigan bo‘lsa, sud majlisini ularning ishtirokisiz o‘tkazishni jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining jinoyat hamda jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-675-son Qonuni 2-moddasiga asosan, JPKning 1214-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 17 maydagi 04/2-10/1432-2-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va erkinliklarini kafolatlashni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
jamoatchilik vakillarini qidiruvda bo‘lgan shaxsning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, ikki yoki undan ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslarning yashiringan joyi haqida xabar berganligi uchun esa, bazaviy hisoblash miqdorining etti baravari miqdorida rag‘batlantirishga doir tavsiyadan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 829-son Qarorining 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 avgustdagi 12/21-30-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi fuqarolar va jamoat birlashmalarining korrupsiyaga qarshi kurashda samarali ishtirok etish amaliyotini joriy etishga xizmat qilgan;
jamoatchilik vakillari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berilganida yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqacha tarzda ko‘maklashilganda, ularni rag‘batlantirish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida, bu bilan bog‘liq harajatlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 829-son Qarorining 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 avgustdagi 12/21-30-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jamoatchilikning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishtiroki uchun rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.