Rustamova Dildora Abdumalikovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizimli vaskulit bilan COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda parodont kasalliklarining diagnostikasi va davolashni tashkil etishni takomillashtirish», 14.00.21–Stomatologiya, 14.00.33-Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib606.
Ilmiy maslaxatchilar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Iordanishvili Andrey Konstantinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Iskandarova Shaxnoza Tulkunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomli Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tizimli vaskulitli bemorlar va COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda parodontal kasalliklarning klinik va patogenetik xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizimli vaskulit va COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda endotelin-1 va Villebrand omili konsentratsiyasining nazorat guruhiga nisbatan sezilarli oshishi natijasida APF II antitelo-antigen immun kompleksining shakllanishi sababli endotelial disfunksiya rivojlanishi aniqlangan;
ilk bor, tizimli vaskulitli COVID-19 o‘tkazgan metilentetrogidrofoliat reduktaza geni rs1801133 677C>T polimorfizmi S alleli va T/T genotipi mavjud bemorlarda parodontal to‘qimada yallig‘lanish jarayonini yaqqol namoyon bo‘lishi va asoratlar sonini oshishi isbotlangan;
tibbiyot muassasalarida shifokor tomonidan o‘tkaziladigan diagnostik va terapevtik tadbirlarning hajmi va to‘g‘riligi, erta tashxislash usullari, tashriflar soni va tibbiy muassasalarga muvofiqligi, parvarishlash terapiyasining vaqti va davolanishni ob’ektiv baholash mezonlari aniqlangan;
tizimli vaskulit bilan COVID-19 o‘tkazgan bemorlarni davolash protokollarini optimallashtirish uchun stomatolog va revmatologlarning integratsion faoliyat asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizimli vaskulit bilan COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda parodont kasalliklarining diagnostikasi va davolashni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda paradont to‘qima holatini o‘rganish va erta tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining mahalliy himoyasi va immunologik reaktivligi omillari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi 8n-d/930–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada COVID-19 negizida tizimli vaskulit bilan kasallangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining mahalliy himoyasi va immunologik reaktivligi omillari yuqori aniqlikda va ekspress tashhislashni amalga oshirishga xizmat qilish imkonini bergan;
COVID-19 negizida tizimli vaskulit bilan kasallangan bemorlar paradont kasalliklari diagnostikasi va davolashning olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “COVID-19 negizida tizimli vaskulit bilan kasallangan bemorlar paradont kasalliklari diagnostikasi va davolashning uziga xos xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 avgustdagi 8n-r/929-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada taklif etilgan davolash usullari paradont kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolanish muddatini qisqartirishga va qaytalanishlar sonini kamaytirish imkonini bergan;
tizimli vaskulit bilan COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda parodont kasalliklarining diagnostikasi va davolashni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi, Samarkand shaxar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 sentyabrdagi 8n-z/48-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi Tizimli vaskulit bilan COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda parodont kasalliklari mavjud bemorlarni erta tashhislash, davolash taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlarning xayot sifatini yaxshilash xamda bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqtini ikki barobar kamaytirish imkonini bergan.