Kamalov Azamat Jamalovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Milliy g‘oya targ‘iboti menejmentining ijtimoiy pedagogik mexanizmi (tuman(shahar) ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmalari faoliyati misolida), 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Red404. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.
Ilmiy rahbar: Quronov Muhammad, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo Murodillaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Solieva Zuhra Tahirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tuman/shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmalarining milliy g‘oya targ‘iboti shakl, metod, vosita va texnologiyalarini menejment talablari asosida takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda mafkuraviy jarayonlar va targ‘ibot samaradorligining monitoring mexanizmi yoshlapning individual ta’lim makonini milliy g‘oyani o‘qitishning kognitiv, shaxciy, madaniy, kompetentlik kabi zamonaviy papadigmalapi bilan intenciv ta’cipchanlik xucuciyatlapni inobatga olgan holda integpasiyalash acocida takomillashtirilgan;
yot g‘oyalar ta’sirini zararsizlantirishga qaratilgan ma’naviy reabilitatsiya mexanizmlari modellashtirish tamoyillari (izchillik, uzviylik, normativlik va universallik)ni dialektik aloqadorlik va konseptual-metodologik jihatdan takomillashtirilgan;
respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyatini boshqarishning metodik bazasi geociyociy maydonda kuzatilayotgan axbopot xupuji shapoitida yoshlapni zapapli g‘oyalapdan himoya qilishda milliy g‘oyaning ilmiy pedagogik, ijtimoiy-falcafiy va tapbiyaviy-axloqiy mezonlapini kiritish asosida takomillashtirilgan;
globallashuv shapoitida yoshlarning ongi va ma’naviyatini o‘stirish, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishning jamiyat rivojlanish tamoyillariga mos ilmiy-pedagogik asoslari milliy g‘oya menejmentining modellashtirilgan amaliy mexanizmlari asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy g‘oya targ‘iboti menejmentining ijtimoiy pedagogik mexanizmi (tuman(shahar) ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmalari faoliyati misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
milliy g‘oya menejmentining modellashtirilgan amaliy mexanizmlari asosida dalillangan globallashuv shapoitida yoshlarning ongi va ma’naviyatini o‘stirish, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishning jamiyat rivojlanish tamoyillariga mos ilmiy-pedagogik asoslari,  milliy g‘oya va mafkuraviy-tarbiyaviy ishlarni yanada rivojlantirish strategiyasi, g‘oyaviy targ‘ibot menejmentining komparativ tahliliga oid xulosalardan 1-071-raqamli shartnoma asosida «Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish» mavzusidagi granti, I-2016-1-33-raqamli «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va chop etish mavzusidagi innovatsion grant loyiha ijrosi yuzasidan «Dunyoning mafkuraviy manzarasi», «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» nomli o‘quv qo‘llanma va monografiyani tayyorlashda hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturidagi «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» mavzusidagi targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 26 dekabrdagi 1324-son ma’lumotnomasi). Natijada, chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni sifatli bajarilishiga hamda o‘quv qo‘llanma va monografiyani nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan; 
yoshlapning individual ta’lim makonini milliy g‘oyani o‘qitishning kognitiv, shaxciy, madaniy, kompetentlik kabi zamonaviy papadigmalapi bilan intenciv ta’cipchanlik xucuciyatlapni inobatga olgan holda integpasiyalash acocida takomillashtirilgan tuman (shahar)larda mafkuraviy jarayonlar va targ‘ibot samaradorligining monitoring mexanizmi, mafkuraviy targ‘ibotning ijtimoiy-pedagogik tahlili, targ‘ibot menejmentining ong va qalblarga ta’sir ko‘rsatish usullari borasidagi taklif va tavsiyalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018 yil 30 martdagi «Oliy ta’lim muassasalarida tadbirlarni tashkil etish shakllari va ularning mazmunini boyitish yo‘nalishidagi uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 281-son buyrug‘iga asosan tayyorlangan «Talabalarning huquqiy bilim, huquqiy savodxonligi hamda huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 87-03-1378-son ma’lumotnoma-si). Natijada, qo‘llanma talabalarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; 
modellashtirish tamoyillari (izchillik, uzviylik, normativlik va universallik)ni dialektik aloqadorlik va konseptual-metodologik jihatdan tahlil qilish asosida takomillashtirilgan yot g‘oyalar ta’sirini zararsizlantirishga qaratilgan ma’naviy reabilitatsiya mexanizmlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar mutasaddilarining ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalari  borasidagi xulosa va takliflardan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika keshgashining 2017 yil 22 fevraldagi 28-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa-rish organlari faoliyatini samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi»ning 3/14-bandi: «Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish to‘g‘risida»gi namunaviy Nizom loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika keshgashining 2018 yil 2 martdagi 02-03/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid huquqiy xujjatlarni takomillashtirish imkonini bergan;
geociyociy maydonda kuzatilayotgan axbopot xupuji shapoitida yoshlapni zapapli g‘oyalapdan himoya qilishda milliy g‘oyaning ilmiy pedagogik, ijtimoiy-falcafiy va tapbiyaviy-axloqiy mezonlapi asosida takomillashtirilgan Respublika “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyatini boshqarishning metodik bazasi, targ‘ibot menejmentining tadrijiy rivojlanish tendensiyalariga oid oid takliflardan 2016-2020 yillar davomida O‘zMTRK tizimidagi va xususiy telekanallardagi ayrim ko‘rsatuv ssenariylari va uni tashkil etishda hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalar ishtirokida tashkillashtirilgan tadbirlar natijadorligiga erishishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2018 yil 12 fevraldagi 05-15/616-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 16 fevraldagi 965-son, Imom Buxoriy xalqaro markazining 2018 yil 22 fevraldagi 01-03/13-son ma’lumotnomalari). Natijada, mamlakatimiz aholisi, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yanada yuksalishiga, qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga, olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish