Yuldashev Sobir Fayzullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida neft` gaz sanoati korxonalarida investision faoliyatni rivojlantirish”, 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1874.
Ilmiy rahbar: Baymirzaev Baxtiyor Jumanazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Iskenderov Axmet Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Kasimova Fatima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda investsion faoliyatning mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavciyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli korxonalarning investision faoliyatni rivojlantirishda muvofiqlashtirish bo‘limini tashkil qilishga asoslangan iqtisodiy mexanizm takomillashtirilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJda yangi mahsulotlarni yaratish va investision faoliyat strategiyasini amalga oshirish bosqichida loyihalar bo‘yicha og‘ishlarni aniqlash hamda “loyihalar banki”ni shakllantirish taklif etilgan;
“O‘zbekneftegaz” AJda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va energiya samaradorligini oshirish hisobiga tarmoqdagi korxonalarning uglevodorod xomashyo bazasini rivojlantirish uchun investision faoliyat barqarorligi baholash asoslangan;
“O‘zbekneftgaz” AJda uzoq muddatli investisiyalarning hajmiga o‘zaro ta’sir etuvchi omillar bilan 0,85 birlik bog‘liqlikdagi trend modeli asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.“O‘zbekneftgaz” AJ tizimi korxonalarida investision faoliyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli korxonalarning investision faoliyatni rivojlantirishda muvofiqlashtirish bo‘limini tashkil qilishga asoslangan iqtisodiy mexanizm bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftgaz” AJ va uning korxonalari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ  2022 yil 20 sentyabrdagi 07-30-2-237 son ma’lumotnomasi). Mazkyr takliflarning amaliyotga joriy qilinishi investision faoliyatning camaradorlik darajacini 0,7 foizga oshirish imkonini bergan;
“O‘zbekneftgaz” AJda yangi mahsulotlarni yaratish va investision faoliyat strategiyasini amalga oshirish bosqichida loyihalar bo‘yicha og‘ishlarni aniqlash hamda “loyihalar banki”ni shakllantirishdagi takliflar “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalarning investision bo‘limlari faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ  2022 yil 20 sentyabrdagi 07-30-2-237-son ma’lumotnomasi). Mazkyr taklifni qo‘llash “O‘zbekneftgaz” AJda investision faoliyatni amalga oshirish strategiyasining xarajatlarini 0,1 foizga qisqartirish imkonini bergan;
“O‘zbekneftegaz” AJda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va energiya samaradorligini oshirish hisobiga tarmoqdagi korxonalarning uglevodorod xomashyo bazasini rivojlantirish uchun investision faoliyat barqarorligi baholash bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftgaz” AJning strategik rivojlantirish bo‘limidagi loyihalarni baholash bo‘yicha faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ  2022 yil 20 sentyabrdagi 07-30-2-237-son ma’lumotnomasi). Mazkyr takliflarni qo‘llash “O‘zbekneftgaz” AJ investision faoliyati samaradorligini aniqlash xarajatlarini 0,2 foizga qisqartirish imkonini bergan;
“O‘zbekneftgaz” AJda uzoq muddatli investisiyalarning hajmiga o‘zaro ta’sir etuvchi omillar bilan 0,85 birlik bog‘liqlikdagi trend modeli asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari  bo‘yicha takliflar “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatini 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritaci”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ  2022 yil 20 sentyabrdagi 07-30-2-237-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi “O‘zbekneftgaz” AJda uzoq muddatli investisiyalarni jalb qilishni jadallashtirish hisobiga ishlab chiqarish hajmining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish