Qahhorov Azizjon Ahror o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalarni baholash masalalari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredi» (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt716.
Ilmiy rahbar: Burxanov Umar Abdualimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karlibaeva Raya Xodjibaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalarni baholash maslalariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish maqsadida ommaviy savdolar orqali taklif etish jarayonida mazkur davlat aktivining baholash hisobotidagi tavsiyaviy qiymatni majburiy tartibda uning boshlang‘ich narxi sifatida qabul qilish amaliyotidan voz kechish taklif etilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarning real bozor narxini aniqlash maqsadida, davlat aktivlarini xususiylashtirishda narxni oldindan oshkor qilmasdan o‘tkaziladigan savdo usullarini qo‘llash taklif etilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalarni sotishda professional tashkilotlar (investisiya banklari, moliyaviy maslahatchilar, auditorlik, konsalting tashkilotlari va b.)ning narx masalasida Sotuvchiga tavsiya etgan qiymati yoki qiymatlar oralig‘ini savdo jarayonida mo‘ljal sifatida ishlatish taklif etilgan;
davlat aksiyalarini sotish jarayonlarini jadallashtirishda, birja savdolarida aksiya paketlarini «bitta aksiya – bitta lot» tamoyili bo‘yicha savdoga chiqarish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat korxonalarini xususiylashtirish amaliyotida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish maqsadida ommaviy savdolar orqali taklif etish jarayonida mazkur davlat aktivining baholash hisobotidagi tavsiyaviy qiymatni majburiy tartibda boshlang‘ich narx sifatida qabul qilish amaliyotidan voz kechish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son «Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021 yil 15 martdagi 1316/03-10-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, jami 16 ta davlat ishtirokidagi korxona va ob’ektlar ushbu me’yor inobatga olingan holda sotilgan;
davlat aktivlarini xususiylashtirishda narxni oldindan oshkor qilmasdan o‘tkaziladigan savdo usullarini amalga kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son «Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021 yil 15 martdagi 1316/03-10-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, jami 67 ta davlat ishtirokidagi korxona va ob’ektlar ushbu yondashuv asosida savdoga chiqarilgan;
professional tashkilotlar narx masalasida taqdim etgan qiymatlar oralig‘ini savdo jarayonida mo‘ljal sifatida foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021 yil 15 martdagi 1316/03-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, 53 ta davlat ishtirokidagi korxonani sotishda ushbu mexanizmdan foydalanilgan;
davlat aksiya paketlarini «bitta aksiya – bitta lot» tamoyili bo‘yicha savdoga chiqarish to‘g‘risidagi taklif Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining 2018 yil 26 noyabrdagi 2806/02-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan aksiya paketlarini sotish jarayonlari soddalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish