Umarova Munavvar Omonbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Murakkab o‘rilishli milliy avrli gazlamani yangi tuzilishini tadqiq etish va ishlab chiqish”. 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T2528
Ilmiy rahbar: Siddiqov Patxillo Siddiqovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor;
Akramov Abduvali Mamatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxalliy xomashyodan foydalangan holda, murakkab o‘rilishli milliy tukli avrli gazlamani yangi tuzilishini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
avpli gazlamalap assoptimentini kengaytipishga imkon bepyvchi avrli halqa tukli to‘qimani olishda chiviqni qo‘llagan holda, halqa tukli avrli gazlama olish usuli ishlab chiqilgan;
mypakkab o‘pilishli kostyumbop avpli gazlamaga mo‘ljallangan halqa tukli to‘qimalapni texnologik ko‘psatkichlap bo‘yicha loyihalashda statik muvozanat tenglamalari yordamida arqoq bo‘yicha minimal zichlik qiymati aniqlangan;
kostyumbop avpli gazlamada to‘qima bo‘ylab halqa tukni bir xil ta’minlash orqali murakkab o‘rilish olinishini va to‘quv dastgohida halqa tuk hosil bo‘lishini ta’minlaydigan halqa hosil qilish usuli yaratilgan;
to‘quv dastgohida murakkab o‘rilishli halqa tukli avrli gazlama ishlab chiqarishda uning sifatiga ta’sir etuvchi tanda iplarining uzilishini kamayishini ta’minlay oladigan me’yoriy texnologik taxlash parametrlari minimal zichlikni hisobga olish asosida aniqlangan;
ilk bor tavsiya etilayotgan murakkab tuzilishdagi halqa tukli avrli gazlamaning tukini tutib tura olish qiymatlarini optimal parametrlari regression matematik model asosida aniqlangan;
homuza balandligi, zamin tanda tarangligi, homuza orqa qismi uzunligini tanda iplari uzilishiga o‘zapo bog‘liqligini ifodalovchi optimal qiymatlar regression matematik model yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Milliy avrli tukli gazlamalarni texnologik jarayonlarida homuza hosil qilish parametrlarini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
murakkab o‘rilishdagi avrli tukli gazlamani Marg‘ilon shahridagi “Abr matolari koorparativi” xunarmandchilik markazida hamda “Sharq ipagi durdonasi” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining № 4-2/1163 son ma’lumotnomasi). Natijada murakkab o‘rilishli, halqa tukli yangi assortimentdagi kostyumbop avrli gazlamasi ishlab chiqarilgan, xomuza balandligi, tanda tarangligi, xomuza orqa qismining uzunligini optimal parametrlari aniqlangan va yangi assortimentdagi to‘qimaning tanda iplarini uzilishlari soni 12 % ga kamaygan.