Oliqulov Faxriyor Jonqulovichning  
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kar`erlarning avtomobil` yo‘llaridagi changlarni bostirish uchun preparatlar yaratish va amaliyotga tatbiq etish» 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K547.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: «Kar`erning avtomobil` yo‘llaridagi changni bostirish uchun preparat» (№IAP 06005).
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosida kar`erlarning avtomobil` yo‘llaridagi changlarni bostirish uchun preparatlar yaratish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mahaliy xomashyolar - kraxmal va kal`siy xloridi asosida changlarni bostiruvchi preparatlar sintez qilingan;
chang bostiruvchi preparatlarning samaradorligi komponentlarning nisbati va tabiatiga bog‘liqligi aniqlangan;
yaratilgan chang bostiruvchi preparatlarning qovushqoqligi, modifikatsiyalangan texnik kraxmal konsentratsiyasi hamda eritmaning haroratiga bog‘liqligi aniqlangan;
yaratilgan changlarni bostiruvchi preparatlarni olish va qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
preparat qo‘llanilishi natijasida kar`er avtomobil` yo‘llaridagi tuproqning mustahkamligi 42,3 dan 134,5 N/sm2  gacha ortishi aniqlangan;
chang bostiruvchi  preparat komponentlarini bir-biriga ta’sir etish mexanizmi o‘rganilgan va texnik kraxmal molekulasini kal`siy xlorid bilan xelat birikma hosil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kar`erlarning avtomobil` yo‘llaridagi changlarni bostirish uchun preparatlar yaratish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kar`erlarning avtomobil` yo‘llaridagi changlarni bostirish uchun yaratilgan preparatlar bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik shart «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ tomonidan tasdiqlangan (TSh 6.1-00203850-08:2022). Natijada, mahsulot sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
kraxmal - 1,0-2,0; kal`siy xlorid-2,5-3,0; suv - 95,0-96,5 tarkibli chang bostiruvchi preparat «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Qolmaqir» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 14 apreldagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, kar`er avtomobil` yo‘llaridagi chang miqdorini 120 soat (5 sutka) da 15,8 mg/m3 dan 2,6 mg/m3 gacha kamaytirish imkonini bergan;
yaratilgan chang bostiruvchi preparatlar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Yoshlik» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 14 apreldagi 8-son ma’lumotnomasi). Natijada, kar`er avtomobil` yo‘llarida yuk tashish unumdorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish