Mambetnazarov Islambek Muratbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik eshkak eshishda jamoaviy qayiqlarga ekipajlarni shakllantirish uslubiyatini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2331.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Sadikov Akbar Gayratovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Yugay Lev Pavlovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Krasnova Galina Mansurovna, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik eshkak eshishda kompleks yondashuv qo‘llash hisobiga jamoaviy qayiqlarga ekipajlarni shakllantirish uslubiyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekipajlarga texnik jihatdan bir-biriga yaqin eshkakchilarni saralash uchun eshish siklida tortish fazasi bir xil bo‘lgan sportchilarni eshkakka beriladigan kuchlanish asosida uch tipdagi (klassik, o‘rta, yakuniy) toifalarni aniqlash hisobiga ekipajlarni shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
ekipajlarni shakllantirish uchun eshish vaqtida eshkakka beriladigan kuchlanishlarda ekipaj a’zolarining harakatlari sinxronligini va eshishda bir xil ritmini ta’minlashga qaratilgan (pauza bilan eshish, mikro fazalarga bo‘lib eshish, 90° gradusda eshish, v.b) mashqlar majmuasini ishlab chiqish hisobiga natijadorlik imkoniyati oshirilgan;
ekipajga funksional jihatdan bir-biriga yaqin sportchilarni tanlab olish hamda trenirovka yuklamalari va dam olish vaqtini me’yorlashtirish uchun anaerob almashinuvi chegarasini yurak qisqarishlari soni orqali aniqlash hisobiga jamoaviy qayiqlarga ekipajlarni shakllantirish uslubiyati takomillashtirilgan;
eshkakchilarining texnik ko‘rsatkichlarini eshish sikilidagi tortish fazasini tezlashtirish orqali yaxshilash, mashg‘ulot yuklamalarni individual berish asosida funsional imkoniyatlarni oshirish va sportchilarni qayiqda joylashish ketma-ketligini qat’iy belgilash hisobiga jamoaviy qayiqlarga ekipajlarni shakllantirish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik eshkak eshishda jamoaviy qayiqlarga ekipajlarni shakllantirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
eshkak eshish siklining texnika jihatidan bajarish samaradorligini baholash uslubiyati bo‘yicha takliflar akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolarining mashg‘ulot jarayoniga joriy kilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 06-13/3923-son ma’lumotnomasi). Natijada 40 ta sportchilar orasidan eshish siklini bajarishning 3 xil turi aniqlandi: 1 guruh - 16 kishi, (birinchi turdagi tenzogrammalar), 2 guruh 6 kishi (ikkinchi turdagi tenzogrammalar), 3 guruh - 18 kishi (tenzogrammalarning uchinchi turi) va 1-3 turdagi guruh sporchilaridan tajriba va nazorat guruhlariga sportchilar tanlab olingan;
ekipajlarni shakllantirish uchun eshish vaqtida eshkakka beriladigan kuchlanishlarda ekipaj a’zolarining harakatlari sinxronligini va eshishda bir xil ritmini ta’minlashga qaratilgan mashqlar majmuasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Eskek esiu teoriyasi ham metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan 302-0957 raqamli guvoxnoma). Natijada sportchilarining aynan 500m bosib o‘tishda umumiy eshishlar soni testida 13,97% ga, masofani bosib o‘tishga sarflangan vaqt testida 13,36% ga, tezlik testida 25,89% ga, urtacha kuch testida 17.30% ga, maksimal kuch testida 13,43% ga, eshish uzunligi testida 20,66%, ga yaxshilanganligi kuzatilgan;
sportchilarning anaerob almashinuvi chegarasini (AACh) aniqlashga yordam beradigan testdan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyatidagi Sportning eshkak eshish turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari Respublika bolalar-o‘smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘yicha shug‘ullanuvchi sportchilarining mashg‘ulot jarayonida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 06-13/3923-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari, aynan: aerob kuch – ergometrik testda 8,01%ga, maksimal anaerob quvvat testida –10,99%ga, anaerob quvvat testida – 7,83% ga yaxshilangan, funksional mahsuldorlik tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 5,39% ga yaxshilangani (r<0,05) kuzatilgan;
yosh akademik eshkak eshuvchilarni psixologik testlardan foydalanib “lider va bo‘ysunuvchi” shaxsini bilish, antropometrik ko‘rsatkichlar taxlili bo‘yicha takliflar Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining akademik eshkak eshish bo‘yicha tarbiyalanuvchilarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy kilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 06-13/3923-son ma’lumotnomasi). Natijada akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 40 nafar sportchilarini 8 nafari jamoaviy qayiqlarda boshqaruvchi (lider) roliga tug‘ri kelishi, 6 nafari jamoaviy qayiqlardan ko‘ra yakkalik qayiqlarda istiqbolli ekanligi va 26 sportchilar katta-kichik ekipajlarda bo‘ysinuvchi roliga tug‘ri kelishi aniqlagan.