Bekmurotov Chori Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sifat menejmenti tizimi talablariga muvofiq oziq-ovqat korxonasini metrologik ta’minlashda o‘lchash vositalarini tanlash va joylashtirishni optimallashtirish», 05.02.04 – «Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T748.
Ilmiy rahbar: Turaev Shavkat Abdikayumovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Abduqaxxor Abdulxaevich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Barat Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» (Standartlar instituti) davlat korxonasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘lchash vositalarini ISO 10012:2003 xalqaro standarti mezonlari asosida tanlashda sifat menejmenti tizimi talablariga muvofiq metrologik ta’minotni ilmiy-uslubiy asoslash, uni optimallashtirish va baholash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida sifat menejmenti tizimini funksional modellashtirish asosida metrologik ta’minotning modeli ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning metrologik ta’minotida o‘lchash vositalarining maqbul parametrlarini aniqlash maqsadida o‘lchash vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasini metrologik ta’minlash asosida o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash hamda nazorat qurilmalariga metrologik xizmat ko‘rsatishning matematik modeli ishlab chiqilgan;
yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasini sifat menejmenti tizimi jarayonlarining nazorat qilinadigan chiqish parametrlarini boshqarish asosida o‘lchash vositalarini qo‘llashni optimallashtirish va takomillashtirish jarayoni modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida sifat menejmenti tizimini funksional modellashtirish asosida ishlab chiqilgan metrologik ta’minotning modeli “Surxonoziqovqatsanoati” AJda (Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 4 martdagi KS/3-215-son ma’lumotnomasi) ishlab chiqilgan. Natijada, sifat menejmenti tizimi va metrologik faoliyatlarni funksional modellashtirishda o‘lchash vositalarini tanlash va joylashtirishni optimallashtirish ISO 9001:2015 va ISO 10012:2003 xalqaro standartlari talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va mezonlarni qo‘llash imkonini bergan; 
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning metrologik ta’minotida o‘lchash vositalarining maqbul parametrlarini aniqlash maqsadida o‘lchash vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish algoritmi “Surxonoziqovqatsanoati” AJda joriy qilingan (Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 4 martdagi KS/3-215-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada o‘lchash vositalari va sinov qurilmalari ustidan metrologik nazoratning natijaviyligini tahlil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish