Narmurotov Baxtiyar Karshievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz suyaklari qo‘shma jaroxatlarini qonning gemoreologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks davolash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1559.
Ilmiy rahbar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Muxammatxon Burxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samara davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qonning gemareologik xususiyatlarini baholashni hisobga olish bilan yuz soxasi suyaklari birga keluvchi shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni majmuaviy davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yuz skeleti suyaklarini birga sinishi bo‘lgan bemorlarda gemostazni tomir-trombotsitar, koagulyasion bo‘g‘in tizimlari, tomir devorlarini antitrombogen faolligi, fibrinoliz tizimlarining holati, gemoreologiya va ushbu ko‘rsatkichlarga qon o‘rnini bosuvchi reologik dori vositasini ta’siri  isbotlangan;
yuz skeleti suyaklarini birga sinishi bo‘lgan bemorlarda trombotsitar, gemostaz tizimlarining koagulyasion bo‘g‘inlari, fibrinoliz, tomirlar devorining pantitrombogen faolligini pasayishidagi buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan DVS-sindromni yopiq kechishi yuz sohasida birga sinishlar bo‘lgan bemorlarda bu o‘zgarishlar ishonchli darajada yanada ko‘proq nomoyon bo‘lishi isbotlangan;
qonning reologik xususiyatlarini buzilishi (qonning yopishqoqligini, eritrotsitlarning agregatsion qobiliyatini ortishi va eritrotsitlarni deformatsiyalanishini pasayishi) yuz skeleti suyaklarini birga sinishi bo‘lgan bemorlarda  yaqqol namoyon bo‘lishi aniqlangan;
reologik dori vositasini qo‘llanilishi, yuz skeleti suyaklarini birga sinishi bo‘lgan bemorlarda antitrombin III faolligi va qon tomir devorining antikoagulyant faolligini va barcha tekshirilgan guruhlarda qonning koagulyasion potensialini tiklanishiga olib kelishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuz suyaklari qo‘shma jarohatlarini qonning gemoreologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuz suyaklari qo‘shma jarohatlarini qonning gemoreologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks davolashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Yuzdagi birga shikastlanishlarda qonning reologik xususiyatlari holatini o‘ziga xosliklari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi 8n-r/504-son ma’lumotnomasi). Natijada yuz suyaklarini birga kelgan shikastlanishlarini tashxislash va davolash samaradorligini oshirish va asoratlarni oldini olishga sharoit yaratgan;
yuz suyaklari qo‘shma jarohatlarini kompleks davolashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Yuz skeleti suyaklarini birga kelgan shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni majmuaviy davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 iyundagi №8n-r/528-son ma’lumotnomasi). Natijada yuz skeleti suyaklarini birga keluvchi shikastlanishlarida qonning gemoreologik xususiyatlarini hisobga olish bilan majmuaviy davolash samaradorligini yaxshilash  orqali  yuz skeleti suyaklari shikastlanishini majmuaviy davolash samaradorligini oshirish, asoratlar va nogironlikni oldini olish imkonini bergan;
yuz suyaklari qo‘shma jarohatlarini qonning gemoreologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasining otorinoloringologiya va yuz jag‘ jarroxligi bo‘limi va Toshkent shahar 7-son shahar klinik shifoxonasining  klinik  amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 iyul`dagi 8n-d/244-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qonning reologik xususiyatlarini hisobga olish bilan yuz skeleti suyaklarini birga keluvchi shikastlanishlarida bemorlarni davolash samaradorligini oshirishga, davolash sifatini oshirish asosida bemorlarning hayot davomiyligini uzaytirish hamda o‘tkaziladigan profilaktik chora-tadbirlar bemorlarning hayot sifatini 22% ga yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish