Maxmudov Nurilla Normirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini sog‘lom turmush tarziga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped974.
Ilmiy rahbar: Boltaeva Muxayyo Lutfullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xasanov Axadjon Tursinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish asosida talabalarni sog‘lom turmush tarziga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini sog‘lom turmush tarziga tayyorlashning o‘ziga xos pedagogik mexanizmlari shaxsning intellektual, sezgirlik, o‘z hoxishi bilan intilish va jismoniy qobiliyatini rivojlantirish kabi jihatlariga erishganlik darajalarini baholash orqali aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarini sog‘lom turmush tarziga tayyorlashning mazmuni talabalar hayotiy faoliyatining ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari, parametrlarini rivojlantirish va o‘zgartirishga qaratilgan individual shakllariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda sog‘lom turmush tarziga oid yangi bilimlarni o‘zlashtirishning ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlari, ularni tasdiqlovchi omillar, turli tarixiy davr va tarbiya muhitiga xos jihatlarini qiyoslash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarini sog‘lom turmush tarziga tayyorlashning imkoniyatlari ilgari o‘zlashtirilgan va qo‘llanilgan amaliy mashqlarning yangi shart-sharoitlarga moslashgan holda atrof-muhit bilan bog‘liq hodisalar va ularning muayyan jihatlariga nisbatan ijtimoiy pedagogik aloqalarning mikdoriy hamda sifat jihatidan namoyon bo‘lish darajalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish asosida talabalarni sog‘lom turmushga tayyorlashni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini sog‘lom turmush tarziga tayyorlashning o‘ziga xos pedagogik mexanizmlari shaxsning intellektual, sezgirlik, o‘z hoxishi bilan intilish va jismoniy qobiliyatini rivojlantirish kabi jihatlariga erishganlik darajalarini baholash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining A-1-099 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” (2015-2017yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda hamda “Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning “Barkamol inson shaxsi strukturasining asosiy qismlari (aqliy, axloqiy, estetik)” nomli 2-bobi va “Ma’naviy yangilanishlar va ularning zamonaviy barkamol inson tarbiyasiga ta’siri” nomli 3-bobini tayyorlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 26 yanvardagi 02-07-221/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda sog‘lom turmush tarzi komponentlari va turli xususiyatlarini o‘zlashtirish bo‘yicha nazariy tushunchalar takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarini sog‘lom turmush tarziga tayyorlashning mazmuni talabalar hayotiy faoliyatining ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari, parametrlarini rivojlantirish va o‘zgartirishga qaratilgan individual shakllariga ustivorlik berish orqali aniqlashtirishga hamda talabalarda sog‘lom turmush tarziga oid yangi bilimlarni o‘zlashtirishning ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlari, ularni tasdiqlovchi omillar, turli tarixiy davr va tarbiya muhitiga xos tomonlarini o‘zaro qiyoslashga hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini sog‘lom turmush tarziga tayyorlashning imkoniyatlari ilgari o‘zlashtirilgan va qo‘llanilgan amaliy mashqlarning yangi shart-sharoitlarga moslashgan holda atrof-muhit bilan bog‘liq hodisalar va ularning muayyan jihatlariga nisbatan ijtimoiy pedagogik aloqalarning mikdoriy va sifat jihatidan namoyon bo‘lish darajalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi loyiha doirasida “Dunyoni mehr ustiga quraylik” mavzusidagi Respublika Yoshlar Forumini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 26 yanvardagi 02-07-221/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarining sog‘lom turmush fenomeni onlayn sport o‘yinlari va musobaqalari orqali takomillashtirilgan.