Xasanova Shaxnoza Toxtasinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2156.
Ilmiy rahbar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori (DSs), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSs), professor; Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSs), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish jarayoni tarixiy obidalar bilan bog‘liq materiallarni qiyosiylik tamoyili asosida gorizontal va vertikal ta’sir darajasi barqarorligini moddiy-ma’naviy meros, an’analar, qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari me’mor quruvchilar, usta hunarmandlar, naqqoshlar yoki xattotlar haqidagi tarixiy ma’lumotlar, rivoyat va afsonalar bilan bog‘liq materiallarni integrativ asosda illyustratsion tizimlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish modeli motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli-amaliy jarayonlarda tarixiy obidalar bilan tanishtirish, texnologik bosqichlarda ijodiy ishlarni faollashtirish, virtual tur, ekskursiya, individual, jamoaviy ish shakllarini tarixiy propedevtika bilan qayta aloqasi dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish imkoniyatlri tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarixiy materiallarni o‘zlashtirishdagi kognitiv to‘siqlarni didaktik bartaraf etish, vaqt va zamon bilan bog‘liqlikda abstrakt fikrlash jarayonlarini faollashtiruvchi ijodiy-izlanishli usullarni intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish jarayoni tarixiy obidalar bilan bog‘liq materiallarni qiyosiylik tamoyili asosida gorizontal va vertikal ta’sir darajasi barqarorligini moddiy-ma’naviy meros, an’analar, qadriyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillshtirishga doir tavsiyalar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni sahanalashtirish jarayonida tarixiy materiallardan foydalanishga o‘rgatish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari me’mor quruvchilar, usta hunarmandlar, naqqoshlar yoki xattotlar haqidagi tarixiy ma’lumotlar, rivoyat va afsonalar bilan bog‘liq materiallarni integrativ asosda illyustratsion tizimlashtirish orqali aniqlashtirishga doir amaliy takliflar “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-138 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni tarbiyalanuvchilarning tarixiy obidalar bilan tanishish jarayonini tasviriy faoliyat bilan uyg‘un amalga oshirish malakasini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish modeli motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli-amaliy jarayonlarda tarixiy obidalar bilan tanishtirish, texnologik bosqichlarda ijodiy ishlarni faollashtirish, virtual tur, ekskursiya, individual, jamoaviy ish shakllarini tarixiy propedevtika bilan qayta aloqasi dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i 106-223 raqamli nashr ruxsatnomasi guvohnoma). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish imkoniyatlri tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarixiy materiallarni o‘zlashtirishdagi kognitiv to‘siqlarni didaktik bartaraf etish, vaqt va zamon bilan bog‘liqlikda abstrakt fikrlash jarayonlarini faollashtiruvchi ijodiy-izlanishli usullarni intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy takliflar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i asosida berilgan 418-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishga doir metodik kompetentligini rivojlantirishga sharoit yaratilgan.