Sayt test rejimida ishlamoqda

Toirova Gulshoda Xushboq qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida tarkibida kislorod va azot bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish va ularning qo‘llanilishi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi va 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3206.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tog‘asharov Ahat Salimovich,  texnika fanlari doktori, professor; Amanova Nodira Davlyatovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Urganch  davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida tarkibida kislorod va azot bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish va ularni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
DMK, DMT, DGK va DGTning ortofosfat kislota va ammoniy fosfat bilan polikondensatsiyalanishi natijasida samarali kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar olingan; 
olingan murakkab polifunksional ionitlarning tarkibi, tuzilishi va fizik-mexanik xossalari zamonaviy asbob-uskunalar yordamida aniqlangan;
sintez qilingan kompleks hosil qiluvchi ionitlar yordamida ishlab chiqarish korxonalari chiqindi suvlarini zaharli metall ionlaridan tozalash va texnologik eritmalar tarkibidagi rangli metall ionlarini ajratishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
DMK+FK asosidagi kompleks hosil qiluvchi ionitni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va texnik-iqtisodiy samaradorligi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida azot, kislorod bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diglisidilkarbamid, diglisidiltiokarbamid, dimetilolkarbamid, dimetiloltiokarbamidning ortofosfat kislota va ammoniy fosfat bilan polikondensatsiyalanishi asosida kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish texnologiyasi Olmaliq KMK» AJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 20 oktyabrdagi AA-008380-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida rangli metallarni eritmalardan samarali sorbsiyalovchi kompleks hosil qiluvchi ionitlar olish imkoniyati yaratilgan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan tarkibida kislorod va azot bo‘lgan kompleks hosil qiluvchi ionitlar “Olmaliq KMK” AJ korxonasida oqova suvlarni rangli metallar ionlaridan tozalashda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2022 yil 20 oktyabrdagi AA-008380-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni rangli metallar ionlaridan ruxsat etilgan konsentratsiyasining o‘ndan bir ulushigacha tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish