Sayt test rejimida ishlamoqda

G‘afforova Shaxlo Voxit qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida azot, oltingugurt va kremniy bo‘lgan organogibrid sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llanilishi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi va 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3205.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Aliqulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Jamshid Sultonivich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Hayitova Javhar Murotalieva, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Urganch  davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot, oltingugurt, kremniy tutgan yangi tarkibli, yuqori haroratga chidamli organogibrid sorbentlarni olish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
karbamid, tiokarbamid, epixlorgidrin va natriy metasilikat asosida tarkibida azot, oltingugurt, kremniy tutgan 5 ta organogibrid sorbentlar sintez qilingan; 
tarkibida azot, oltingugurt, kremniy tutgan organogibrid sorbentlar sintez qilishning maqbul sharoitlari aniqlangan; 
sintez qilingan organogibrid sorbentlarning kislotali, neytral va ishqoriy muhitlarda Cu (II), Ni (II), Zn (II), Ag(I) ionlariga nisbatan sorbsion sig‘imlari aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida yangi yuqori samarali organogibrid sorbentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va texnik-iqtisodiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida azot, oltingugurt, kremniy bo‘lgan organogibrid sorbentlar olish texnologiyasini yaratish va ularni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida azot, oltingugurt, kremniy bo‘lgan organogibrid sorbentlar «Muborak GQIZ» AJda aylanma, chiqindi va oqova suvlarni og‘ir metall ionlaridan tozalashda joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2022 yil 9 noyabrdagi 951/G’K-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalardagi jixoz va qurilmalarni sovutish uchun ishlatiladigan aylanma, chiqindi va oqova suvlarni olingan organogibrid sorbentlardan foydalanib tozalash imkonini bergan;
tarkibida azot, kislorod va kremniy bo‘lgan organogibrid sorbentlar olish texnologiyasi Muborak GQIZ AJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2022 yil 9 noyabrdagi 951/G’K-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, termik barqaror, ipmort o‘rnini bosuvchi organogibrid sorbentlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish