Alimov Beruniy Sultonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston imijini yaratish tamoyillari va istiqboli (1991–2017 yillar OAV materiallari misolida)», 10.00.09–Jurnalistika (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil101.

Ilmiy rahbar: Do‘stmuhamedov Xurshid Nabievich, filologiya fanlari doktori. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Irnazarov Qudrat To‘g‘onovich, tarix fanlari doktori;  Babadjanova Gulnara Nadjimovna, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston imijini yaratish tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

barqaror konstanta asosida mamlakat media imijini yaratish va shakllantirish mezonlari tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy shart-sharoitlar bo‘yicha takomillashtirilgan;

differensial yondashuv asosida mamlakat media imijini rivojlantirish, istiqbolini belgilash, konstruktiv mexanizmlari bo‘yicha adaptatsiya shartlari aniqlashtirilgan;

O‘zbekistonning media imijiga doir OAV materiallari namunalari G‘arb, MDH va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha qiyosiy tahlil asosida turkumlashtirilgan;

O‘zbekiston sharoitida «hududiy imij»ning o‘ziga xosligi «islom madaniyati poytaxti», «qo‘hna sivilizatsiya beshigi», «havo darvozasi», «yangi sanoat markazi» bo‘yicha milliy, diniy, ma’rifiy va iqtisodiy xususiyatlariga ko‘ra konseptual yondashuv asosida aniqlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xalqaro media makonda mamlakat imijining tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

O‘zbekistonning media imijiga doir OAV materiallari namunalari G‘arb, MDH va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha qiyosiy tahlil asosida turkumlashtirish bilan bog‘liq xulosalardan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ning axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, shuningdek, «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi»ning 52-bandi 2017 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan «Jurnalistlarning amaliy kasbiy malakasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish Dasturi»ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2017 yil 17 apreldagi 05-1101-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalardan foydalanish mamlakatimizda axborot sohasini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish va ushbu yo‘nalishdagi harakatlar samarasini oshirish imkonini bergan;

O‘zbekiston sharoitida «hududiy imij»ning o‘ziga xosligi «islom madaniyati», «sanoat markazi», «havo darvozasi», «ko‘hna sivilizatsiya beshigi» bo‘yicha milliy, diniy, ma’rifiy, iqtisodiy xususiyatlariga ko‘ra konseptual yondashuv asosida aniqlashtirish bilan bog‘liq xulosalardan «O‘zbekiston», «O‘qituvchi», «Ensiklopediya», Cho‘lpon, G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uylari misolida «Noshirlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi nazorat-tahlil tartibida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining 2017 yil 18 apreldagi 05/2-01-32-son ma’lumotnomasi). Mazkur natija mamlakatimizda OAV sohasida qabul qilingan mavjud qonunchilik samaradorligini baholash imkoniyatini yaratgan;

barqaror konstanta asosida mamlakat media imijini yaratish va shakllantirish mezonlari tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy shart-sharoitlar bo‘yicha hamda differensial yondashuv asosida mamlakat media imijini rivojlantirish, istiqbolini belgilash, konstruktiv mexanizmlari bo‘yicha adaptatsiya shartlari bo‘yicha aniqlangan xulosalardan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan respublika OAV vakillari uchun o‘tkazilgan qator ilmiy-amaliy anjumanlar, o‘quv seminarlarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2018 yil 18 yanvardagi 14/13-a son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda qabul qilingan harakatlar strategiyasi 5-ustuvor yo‘nalishi tegishli qismini amalga oshirish mexanizmini shakllantirishga nazariy asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish