Abdumajidov Anvar Abdumalikovich
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sellyuloza tolali chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2909
Ilmiy rahbar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Babaxanova Xalima Abishevna texnika fanlari doktori, professor; Mirzaboev Jamoliddin Baxriddinovich texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sellyuloza tolali chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtiridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sellyuloza tolali, jumladan to‘quvchilik-tikuvchilik korxonalarida hosil bo‘ladigan sidirg‘a bo‘yalgan va pigment bilan gul bosilgan, tarkibi 100% paxta tolalaridan tashkil topgan tolali chiqindilar, hamda MS-3 markadagi makulaturani qayta ishlash texnologiyalarini mexanik va kimyoviy usullarda olib borish orqali  takomillashtirilgan; 
sellyuloza tolali chiqindilarga qayta ishlov berishda sidirg‘a bo‘yalgan mato lahtaklarini bo‘yovchi modda xromofor sistemasiga mos ravishda kimyoviy, hamda matbaa va pigment bo‘yoqlarini tolali materialdan fermentativ-flotatsion usullarda rangsizlantirish-oqartirishning ratsional tarkibi jarayonni matematik modellashtirish orqali aniqlangan; 
ilk bor pigment bo‘yog‘i bilan gul bosilgan 100% paxta tolali mato chiqindilari yuzasidan fermentativ-flotatsion ishlov berish usullari orqali bo‘yoqni chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
qayta ishlov berilgan sellyuloza tolali chiqindilari asosida gul bosish jarayonida bo‘yoq tarkibi, yozuv, chizma va daftar qog‘ozlari kompozisiyalari ishlab chiqilgan va rangsizlantirilgan-oqartirilgan tolali materiallarni qayta bo‘yashning samarali resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sellyuloza tolali chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
 to‘quvchilik-tikuvchilik korxonalarida hosil bo‘ladigan tarkibi 100% paxta tolali sidirg‘a bo‘yalgan mato lahtaklarini rangsizlantiri-oqartirish jarayoni “GIGRO FARM TEXNO” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 22.11.2022 yil №03/25-3110 sonli ma’lumotnomasi). Natijada turli boshlang‘ich xossadagi tolali chiqindilarni rangsizlantirish, oqartirish, qayta bo‘yash jarayonlarining ilmiy asoslangan ratsional texnologiyalarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish