Sharipjonov Muxiddin Shokirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1013.
Ilmiy rahbar: Baymetov Botir Boltaboevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Urinov Axmadjon Kushakovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yuldasheva Nilufar Ibrogimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tacviriy can’at o‘qituvchilarining kacbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik jihatlari kasbiy bilimlarni improvizatsion muhitda intensiv rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari pedagogik faoliyatga bo‘lgan ijodiy munosabat, kasbiy pozisiyaga egalik, ijtimoiy faollik, moderatorlik kabi kasbiy kompetensiyalar bilan pedagogik relaksatsiyaning aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tacviriy can’at fani o‘qituvchilarini kacbiy tayyorlash jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetensiyalar - produktiv, reproduktiv, ijodiy darajalarini amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tacviriy can’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga oid kasbiy tayyorlash jarayonlarining mexanizmlari ta’lim sifati indikatorlarining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasbiy kompetensiya asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik jihatlari kasbiy bilimlarni improvizatsion muhitda intensiv rivojlantirishga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2015-3722/ 001-001) raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va xalqaro almashinuvini rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 16 martdagi 02-07-754/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy kompetensiya tushunchasining mohiyati va mazmuni aniqlashtirish imkoniyatlari kengaygan;
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish mezonlari pedagogik faoliyatga bo‘lgan ijodiy munosabat, kasbiy pozisiyaga egalik, ijtimoiy faollik, moderatorlik kabi kasbiy kompetensiyalar bilan pedagogik relaksatsiyaning aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Nizomiy nomidagi TDPUning PZ-20170929727-raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 16 martdagi 02-07-754/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari tayyorlash tizimi yo‘llari va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning imkoniyatlari kengaygan va takomillashtirilgan;
bo‘lajak tacviriy can’at fani o‘qituvchilarini kacbiy tayyorlash jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari kasbiy kompetensiyalar: produktiv, reproduktiv, ijodiy darajalarini amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga hamda amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tacviriy can’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga oid kasbiy tayyorlash jarayonlarining mexanizmlari ta’lim sifati indikatorlarining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ko‘ra takomillashtirilgan doir taklif va tavsiyalardan 561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE (2015-3722/001-001) raqamli ”O‘zbekiston oliy ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va xalqaro almashinuvini rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2022 yil 16 martdagi 02-07-754/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining ijodkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirish kompetensiyalarini baholash diagnostik tizimi takomillashgan;
amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lajak tacviriy can’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga oid kasbiy tayyorlash jarayonlarining mexanizmlari ta’lim sifati indikatorlarining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ko‘ra takomillashtirish acocida o‘qitish metodlari takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan PZ-20170929727 raqamli ”Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2022 yil 5 sentyabrdagi 556-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashda amaliy mashg‘ulotlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni va zarurati yana bir necha isbotlar va dalillar bilan boyitilgan.